Kesarcha kesishdan keyin ozish va qorinni yo’qotish — mashqlar, parhez

Ayollarda qorin kesarcha kesishdan keyin, odatiy tug’ruqda bo’lgani kabi biroz kichrayadi, ammo butunlay yo’qolib ketmaydi. Buning sabablari — bachadon va qorin bo’shlig’i mushaklarining kengayganligi, shuningdek, ortiqcha vazndir. Ammo operatsiyadan keyin muammoli soha boshqacha ko’rinadi. Shuning uchun bartafaf etish tartibi ham farq qiladi.

Kesarcha kesishdan keyin ozish va qorinni yo'qotish

Kesarcha kesishda nomidan ma’lum bo’lganidek to’qimalar kesiladi, so’ng unga chok qo’yiladi. Tashqi chok teri va mushaklarga, ichkisi bachadonga qo’yiladi. Aynan ular qorinning o’z holatiga qaytish muddatini uzaytirdi.

Kesarcha kesishdan so’ng qorin qanday ko’rinish oladi

Agar odatiy tug’ruqdan so’ng onaning qorni faqatgina biroz kattaroq bo’lsa, kesarcha kesishdan so’ng u xuddi ikki qismga bo’lingandek bo’lib ham ko’rinadi. Operatsiyadan so’ng qorinni yo’qotishga urinayotgan ayol duch keladigan muammolardan biri ayni ana shu holat. Vertikal kesishda qorinning ikki tomonidan burmalar paydo bo’lsa, gorizontal kesishda qorin kesim ustidan osilib turadi.

Yog’ to’planmalari qanchalik ko’p bo’lsa, bunday teri burmalari shunchalik yaqqol seziladi. Agar yog’ to’planmalari oz bo’lsa, unda teri dazmollash yoki shim ichiga kiritib qilib olish istagini uyg’otadigan matodek ko’rinish oladi.

Qachon boshlash mumkin

Kesarcha kesishdan keyin tiklanish muddati odatiy tug’ruqdagiga nisbatan ko’proq davom etadi. Dastlab ham yuzaki, ham ichki choklar bitib ketishini kutish kerak. Bu sodir bo’lgunga qadar har qanday jismoniy faollik qarshi ko’rsatiladi: yengillari 3 oygacha, o’rtacha og’irlikdagilari 6 oygacha.

Shu tufayli dastlabki muddatlarda hatto 2 kg og’irlik ko’tarish ham zararli bo’ladi. Keskin harakatlar — o’tirib turish, yotoqdan tezda turish, egilish ham tavsiya etilmaydi.

Faqatgina o’simlik oqsilidan tarkib topgan parhezlar tutish va yog’li ovqatlarni cheklashga ham ruxsat berilmaydi, chunki bunday parhezlar jarohatlarning tiklanishini sekinlashtiradi. Shu sababli kesarcha kesishan so’ng ayollar yana 6 oy homiladorlik davrida amal qilingan parhezni o’zgartirmaydi va o’zini avaylaydi.

Choklar bitib ketgach, taomnomada sabzavot, yog’siz mol, tovuq go’shti va baliqlarni ustun qilish mumkin. To’g’ri chandiq hosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan sariyog’, smetana kabi yog’li va boshqa uglevodli mahsulotlar iste’molini kamaytirish mumkin.

Choklarning ajralish xavfli mavjudligi sababli, har qanday mashqlarni boshlashdan oldin shifokor tavsiyasini olish zarur.

Chandiqni yo’qotish

Muayyan vaqt kutib, mashqlar bajarishni boshlagach, yosh onalar barcha harakatlar chandiq borligi sababli behuda ekanligini tushunib yetishadi. Mushak va teri chok bilan birlashadigan joyda burmalar baribir qoladi. Chok to’qimalarni o’ziga «tortib olib», ularni tekislanish va taranglashishiga to’sqinlik qiladi. Bundan kelib chiqadiki, kesarcha kesishdan keyin qorinni yo’qotishni chandiqqa ta’sir qilishdan boshlash kerak.

Vaqti kelib qorin o’z holiga qaytsada, chandiqni butunlay yo’qotishning iloji yo’q, u hech qayerga ketmaydi va buni qabul qilish kerak. Biroq, chok atrofdagi to’qimalarni tortib turmasligi uchun yumshoq va bo’shashgan holatga kelishi lozim. Bunda ayolga maxsus muolaja va vositalar — massaj, piling, o’rash, silliqlash, turli niqob, malhamlar va boshqa ko’plab usullar yaqindan yordam beradi.

Manipulyatsiyaning muvaffaqiyatli bo’lishi bir qancha omillarga bog’liq, xususan:

  • Kesarcha kesish uchun kesim texnikasi;
  • Qorin mushaklarining tikilish usuli;
  • Teri elastikligi darajasi (individual xususiyat).

Chandiq kerakli holatga kelgach, mashg’ulotlar samaradorligi ortadi. Birinchi natijalar esa tez orada ko’rinish beradi.

Press uchun mashqlar

Kesarcha kesishdan so’ng qorinni yo’qotish va tarang holatga keltirish uchun operatsiyani boshdan o’tkazganlarga mo’ljallangan maxsus mashqlar kompleksi yordam beradi. Asosiy yuk qiyshiq qorin mushaklariga tushishi kerak. Buning uchun quyidagi mashqlar to’g’ri keladi:

  • «Velosiped» mashqi;
  • Chalqancha yotgan holatda oyoqlarni yuqoriga ko’tarish va tomonlarga yoyish;
  • Har ikkala oyoqni birlashtirgan holda havoda 0 dan 9 gacha bo’lgan sonlarni chizish;
  • Tik turgan holatda oyoqlarni turli yo’nalishlarda harakatlantirish;
  • Gavdani oyoqlarga tortish.

Kesarcha kesishdan keyin ozish uchun mashqlar

Birinchi mashg’ulotlar davomiyligi 10-15 daqiqadan oshmasligi zarur. Keyinchalik mashqlar qatorini to’g’ri qorin mushaklariga mo’ljallanganlari bilan to’ldirish mumkin, masalan o’tirib-turish, burilishlar, kuraklarni devordan uzmagan holda o’tirish va hokazo.

Suzish va obruch aynaltirish ayniqsa foydali sanaladi.

Kontrastli dush haqida jsm unutmaslik kerak, bu muolaja kapillyarlar o’tkazuvchanligini oshiradi, qon oqimini faollashtiradi va kislorod bilan to’yintiradi, gerini yanada moslashuvchan qiladi.

Jami baholar 4.2 / 5. Ovozlar soni: 15

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.