Homila oldi (qog’onoq) suvi xiralashishi — sabablari, davolash usullari, oqibati

Ultratovushli tekshiruv o’tkazish vaqtida mutaxassislar qog’onoq suvi (amniotik suyuqlik, homila oldi suvi) holatini ham baholaydilar. Agar bu vaqt homila suvi xiralashishi tashxisi qo’yilsa, uning rangi o’zgargan va normaga mos kelmasa, bu bo’lajak onada tashvish uyg’otishi kerak. Holatning sabablarini darhol aniqlanib, davolash boshlanishi zarur, chunki homila suyuqlikni muntazam ravishda yutib, o’zi orqali o’tkazadi. Suyuqlik xossalari o’zgarishi esa uning rivojlanishiga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin.

Bachadondagi homila tasviri / illyustratsiya

Sabablari

Odatda amniotik suyuqlik tarkibida homilaning hayoti va rivojlanishi natijasida hosil bo’lgan juda ko’p aralashmalar mavjud bo’ladi. Ushbu moddalar teri hujayralari, soch va birlamchi yog’lardan iborat. Homilalik pufagiga boshqa moddalar tushganda amniotik suyuqlik shaffofligi kamayib, «loyqalanadi», bu chaqaloqning hayotiga xavf tug’diradi va normal faoliyatni to’sqinlik qiladi.

Qog’onoq suvi normada muntazam ravishda yangilanib boradi.

Homila suvining xiralashishi sabablari turlicha bo’lishi mumkin, ammo asosiy omil onaning infektsiyalanishi va bachadonga patogen bakteriyalarning kirishidir. Shuningdek, amniotik suyuqlikda me’yordan ortiq mekoniy yoki qon aralashmalari bo’lishi uning rangi o’zgarishiga olib keladi, bu ham qo’shimcha xavf tug’diradi.

Agar qog’onoq suvi xiralashishi homiladorlik davrining o’rtalarida tashxislangan bo’lsa, uni tasdiqlash uchun takroriy ultratovushli tekshiruv talab etiladi. Bundan tashqari, patologik reaktsiyaga sabab bo’lgan turli xil infektsiyalar mavjudligi uchun testlar o’tkaziladi.

Homiladorlikning 37-38 haftasi yo’ldoshning qarishi bilan xarakterlanadi, shuning uchun qog’onoq suvi xiralashsa bu normal holat deb qaraladi. Homiladorlik muddati me’yordan ortiq bo’lganda ham suyuqlikda aralashmalar miqdori tabiiy ravishda ko’payadi, bu normadan og’ish deb hisoblanmaydi.

Davolash

Davolash ushbu holatning sabablarini aniqlash va infektsiyani tashxislashdan boshlanadi. Shundan so’ng, o’zgarishni keltirib chiqargan sababga qarab dori vositalari buyuriladi. Agar homiladorlik paytida homila suvi xiralashishi homilada gipoksiya keltirib chiqarsa, shifokor homilaga yo’ldosh orqali ko’proq kislorod o’tishini ta’minlash maqsadida qon aylanishini yaxshilash uchun dori-darmonlarni buyuradi.

Amniotik suyuqlik homiladorlikning erta muddatlarida ham rangini o’zgartirishi mumkin, bu holda davolash choralari o’tkazilmaydi. Aksariyat hollarda spontan abortni oldini olish uchun homiladorlikni to’xtatish tavsiya etiladi.

Agar tashxis 7 oylik muddatda qo’yilsa, u holda ayol doimiy ravishda shifokorlar nazorati ostida bo’lishi lozim. Statsionar sharoitda homilaning holatini kuzatish uchun zarur tekshiruvlar o’tkaziladi va agar zarur bo’lsa, tug’ruq kesarcha kesish orqali amalga oshiriladi.

Ko’plab ayollarning izohalri bu muammoning eng yaxshi yechimi ekanligini ta’kidlaydi, chunki tibbiyotning hozirgi bosqichida muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlar kelajakda normal rivojlanishi mumkin.

Oqibatlari

Ushbu holatning homila uchun oqibatlari ta’sir qiluvchi omillar va amniotik suyuqlikning rangiga bog’liq:

  • Yashil rang — bolada o’tkir gipoksiya (kislorod yetishmasligi), mekoniy (birlamchi najas) bilan tez ifloslanish kuzatilishi;
  • Pushti rang — amniotik suyuqlikka qorin bo’shlig’idan qon tushganini, homilalik pufagi yirtilib, undan suyuqlik sizib chiqayotganini anglatadi, bu homila hayotiga tahdid soladi;
  • Shaffof, sarg’ish yoki rangsiz — homiladorlikning turli vaqtlarida kuzatiladi va ko’pincha homiladorlikning normal rivojlanayotgani haqida gapiradi.

Homiladorlikning dastlabki uch oyida qog’onoq suvi rangining o’zgarishi homiladorlikni to’xtatishga ko’rsatma bo’lib xizmat qiladi, chunki vaqt o’tishi bilan homila normal shakllana olmaydi, bu boshqa ko’plab kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Ikkinchi trimestrda bu holatni kon’yunktivit, pnevmoniya, turli yiringli jarayonlar keltirib chiqarishi mumkin. Buning oqibatlari homilador ona uchun ham, bola shakllanishi uchun ham juda xavflidir. Har qanday holatda ham bu tashxis qo’yilgach, shifokor bilan maslahatlashish va uning tavsiyalariga amal qilish zarur.

Jami baholar 3.6 / 5. Ovozlar soni: 17

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.