Chaqaloqni cho’miltirish — bilish muhim bo’lgan qoidalar, tavsiyalar

Chaqaloqning birinchi marta cho’milishi — haqiqiy yutuqdir. Ammo har bir ota-ona bolani qachon, qanday va qayerda cho’mdirishi haqida savolga boradi. Ortiqcha harakat qiladigan va ko’pincha yig’laydigan go’dakni to’g’ri cho’miltirish maxsus mahorat talab qiladi. Ammo tashvishlanmang, har safar chaqaloqni yuvintirish osonlashib boradi, chaqaloq esa tobora zavqlana boshlaydi, suvda o’yinqaroqlik qiladi.

Chaqaloqni cho'miltirish - suv muolajalarida xursand chaqaloq tasviri

Chaqaloqni qanchalik tez-tez cho’miltirish kerak

Agar taglik bilan qoplangan joylar muntazam tozalanib, bolaning qo’llari va yuzlari kuniga bir necha marta yuvib turilsa, yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun haftasiga ikki yoki uch marta cho’milish kifoya qiladi. Bola qayt qilish yoki boshqa sababga ko’ra ustini ifloslantirib qo’yish holatlari bundan mustasno.

Katta yoshdagi bolalarni har kuni yuvintirish mumkin, bu ular uchun uxlashdan oldingi odatga aylanadi — bu bolaning dam olishiga va uxlab qolishiga yordam beradi.

Bolani shimgich bilan artish

Kichkintoyda kindikning qolgan qismi (tug’ilganidan 10 kundan uch haftagacha muddat ichida) tushib ketmagunicha bu joyni ho’llamaslik uchun uni nam shimgich (gubka) bilan artib chiqish yaxshiroq. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Bolani yumshoq, tekis yuzaga qo’ying (masalan, toza sochiqqa). Rakovinani iliq suv bilan to’ldirib, yuvintirish uchun gubkani tayyorlang;
  • Bir yondashuvda bola tanasining bir qismini artib chiqing, qolgan qismi bu vaqtda iliq holda o’ralgan bo’lishi lozim;
  • Hozirgina artilgan joyni quruq qilib artib oling va keyingi tana qismiga o’ting;
  • Agar kindik tasodifan namlanadigan bo’lsa, uni sochiq yordamida ehtiyotkorlik bilan quruq qilib artib oling.

Vanna qabuli

Chaqaloqning kindigi bitib ketganda, u rakovina yoki vannada to’liq cho’milishga tayyor bo’ladi. Bunda rakovina yoki vanna tubiga bolaga yotishga yumshoqroq bo’lishi uchun sochiq qo’yish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, bolani ushlab turish uchun sizga turmush o’rtog’ingiz yordami kerak bo’lishi mumkin. Jarayon vaqtida chalg’imaslik maqsadida kerak bo’lgan barcha narsani oldindan tayyorlab oling.

Kerakli buyumlar va vositalar ro’yxati:

  • Katta sochiq;
  • Yuvintirish uchun yumshoq shimgich yoki sochiqcha;
  • Paxtali shariklar;
  • Bolalar sovuni yoki yuvish vositasi;
  • Chaqaloqlar uchun cho’tka yoki taroq.

Kichkintoy vanna qabul qilishi uchun uni 5 santimetrdan baland bo’lmagan miqdorda to’ldirish kerak bo’ladi. Bola shamollab qolmasligi uchun esa uning qorniga iliq sochiq qo’yish tavsiya etiladi.

Chaqaloqlarni cho’miltirishning maqsadi vannada bo’lish jarayonini emas, balki tanani tozalashdir. Yuvintirayotganda bolani orqasi va boshidan ushlab turing. Tananing quyidagi sohalariga alohida e’tibor berish zarur:

  • Odatda taglik bilan yopiq turadigan sohalar;
  • Qo’l va oyoqlar. Barmoq va barmoqlar orasidagi joylar;
  • Tizzalar ostida, bo’ynida va dumba ostida teri qatlamlari;
  • Yuz. Agar ko’z atrofidagi terini tozalash kerak bo’lsa, buning uchun paxtali shariklardan foydalaning;
  • Qo’ltiqlar — bu yerda bola kiyimchalaridan qolgan iplar bo’lishi mumkin;
  • Quloqlarning orqasidagi soha.

Chaqaloq sochini parvarishlash

Tug’ilganda hamma chaqaloqlar ham qalin sochlarga ega bo’lmaydi, lekin agar aksincha bo’lsa, uni mayin bolalar shampuni bilan yuvish kerak. Uni sochlarga qo’llang, yengil massaj qiling va biroz vaqtga qoldiring. Bola sovunli suvda o’tirmasligi uchun shampunni cho’milishni oxirgi vaqtida chayib tashlang.

Suv harorati

Kichkintoyning terisi sizning teringizga nisbatan sezgirroq bo’ladi. Shu sababli, siz uchun normal bo’lib tuyuladigan suvning harorati u uchun juda issiq bo’lishi mumkin. Bolangizni suvga qo’yishdan oldin suvni tirsak yoki bilak bukilmasida sinab ko’ring: bu joylar kattalarda ham juda sezgir bo’ladi. Suv iliq bo’lishi zarur, lekin aslo issiq emas!

Va agar chaqaloq birinchi marta cho’milish paytida yig’lasa, tashvishlanmang. U shu tarzda o’ziga notanish bo’lgan tuyg’ularga javob qaytaradi. Jarayon davomida xonaning harorati qulay bo’lishi, suv esa sovib qolmasligini nazorat qiling. Bola ko’p yig’lasa, uni tebrantirib tinchlantirish mumkin. Tez orada chaqaloq suv muolajalarini yoqtirib qoladi.

Jami baholar 4.5 / 5. Ovozlar soni: 4

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.