Hid va ta’m sezmaslik — sabablari, davolash va oldini olish choralari
Hid va ta’m sezmaslik hayotga deyarli bevosita xavf tug’dirmasligi sababli, bu muammoga duch kelganlar kamdan-kam hollarda shifokorga murojaat etishadi. Biroq bu holat kishining taomlar, ichimlik va yoqimli hidlardan zavqlanish qobiliyati cheklanishi bois jiddiy noqulayliklar keltirib chiqishi mumkin. Shuningdek, havoda potentsial zararli kimyoviy modda va gazlar mavjudligini sezmaslik natijasida boshqa jiddiy oqibatlar ehtimoli yuzaga kela boshlaydi.
Ba’zida hid va ta’m sezish buzilishi jiddiy kasallik rivojlanishi tufayli kuzatiladi, masalan o’smalar tufayli.
Hid va ta’m bilish bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Tilni qoplab turgan retseptorlar ta’mni aniqlaydi, burun bo’shlig’ida joylashgan nervlar esa hidni. Ikkala sezgi ham miyaga uzatiladi, miya esa ikkalasini tanib olish va baholash uchun kerakli tarzda birlashtiradi.
Sho’r, achchiq, shirin va nordon kabi ta’mlar hid ishtirokisiz ham taniladi. Biroq, nisbatan murakkabroqlari (masalan, malina aromati) faqatgina hid va ta’m hissi ishtirokidagina sezilishi mumkin.
Hidning qisman (giposmiya) va to’liq yo’qotilishi (anosmiya) — hid va ta’m bilishning eng keng tarqalgan buzilishidir. Ta’m sezishda tafovut asosan hid sezishga asoslanganligi sababli, bemorlar oziq-ovqat bemaza sezila boshlaganda ko’pincha hid sezish qobiliyatining pasayganini ham payqashadi va aksincha.
Mundarija
Sezish mexanizmi
Hid bilish
Ko’pchilik ta’mlarni farqlash uchun miyaga ta’mning o’zi haqidagi ma’lumotdan tashqari hid haqida ham ma’lumot kerak. Ushbu sezgilar burun va og’iz bo’shlig’i orqali miyaga uzatiladi. Miyaning bir nechta bo’limlari esa ular asosida reaktsiya hosil qiladi.
Burun bo’shlig’ini o’rab turgan shilliq qavatning kichik bir qismi (sezgir epiteliy) tarkibida «olfaktor retseptorlar» deb nomlangan maxsus asab hujayralari saqlaydi. Ushbu hujayralarning sochlarga (kipriklarga) o’xshash hidni aniqlaydigan tolalari mavjud.
Havo orqali kirgan molekulalar burun yo’liga o’tib, ushbu kiprikchalarni qo’zg’atadi, bu esa yaqin atrofdagi asab tolalarida nerv impulsini keltirib chiqaradi. Impulslar asab tolalari orqali miyaga uzatiladi, u yerda hidni farqlash jarayoni boshlanadi. Hid aniqlangach, xotira uchun javobgar soha faollashadi va inson shu tariqa u yoki bu hidni tanib oladi.
Ta’m bilish
Tilning katta qismini minglab mayda ta’m sezish so’rg’ichlari qoplab turadi. Ta’m so’rg’ichlari tarkibida kiprikchali retseptorlarning bir nechta turlari mavjud. Retseptorlarning har bir turi beshta asosiy ta’mdan birini sezadi: shirin, sho’r, nordon, achchiq va maza (shuningdek, umami deb nomlanadi, glutamat natriyning ta’mi).
Ushbu ta’mlar butun til bo’ylab tanilishi mumkin, ammo tilning ba’zi qismlari ma’lum bir ta’mga ko’proq sezgir bo’ladi. Shirin ta’m tilning uchi bilan oson aniqlansa, old yon tomonlar sho’r tamni yaxshi sezadi. Nordonlik tilning yon tomonlaridagi, achchiqlik tilning orqa uchdan bir qismidagi retseptorlar tomonidan yaxshiroq seziladi.
Og’iz bo’shlig’iga ovqat tushganda, retseptorlar uning xuxusiyatiga qarab qo’zg’alib, miyaga nerv impulslari yuboradi, miya esa bu impulslar va ovqatning xossalari, harorati, quyuqligi, zichligi kabi ma’lumotlardan kelib chiqib ma’lum bir ta’m haqida reaktsiya beradi.
Hid sezmaslik
Hid sezish buzilishi burun bo’shlig’ida yoki burundan miyaga olib boruvchi asab tolalarida, shuningdek bevosita miyada joylashgan nervlar faoliyatining izdan chiqishi natijasida yuz berishi mumkin. Masalan:
- Shamollash paytida burun yo’llari tiqilib qolsa, hid burun shilliq qavatidagi maxsus nerv hujayralariga yetib bora olmaydi.
- Hid sezish qobiliyati ovqatning ta’miga ham ta’sir qilganligi sababli, shamollaganda ovqatlar bemaza ko’rinadi.
- Gripp yoki boshqa respirator viruslar hid bilish retseptorlariga vaqtincha zarar yetkazishi mumkin. Ba’zi odamlar grippdan keyin bir necha kun yoki hatto hafta davomida hid yoki ta’mni his qila olmaydi va alohida holatlarda bu qobiliyat qayta tiklanmaydi.
- Sezgirlik yoshga qarab pasayishi ham mumkin.
Hidlarga yuqori sezuvchanlik (giperosmiya) hid sezmaslikka qaraganda kamroq uchraydi. Ko’pincha homilador ayollar hidga nisbatan sezgir bo’lib qoladilar. Ba’zi hollarda giperosmiya psixosomatik kasallik bo’ladi. Ya’ni, psixosomatik giperosmiya bo’lgan odamlarda aniq jismoniy buzilish aniqlanmaydi.
Psixosomatik giperosmiya, qoida tariqasida, demonstrativ shaxs deb ataladigan odamlarda rivojlanadi (doimiy ravishda diqqat izlash va taqlidiy xulq-atvor bilan tavsiflanadi).
Ba’zi kasalliklar hid sezish qobiliyatini buzishi mumkin, buning natijasida zararli hid yoqimsiz deb qabul qilinadi (buzilish disosmiya deb ataladi). Bunday kasalliklarga quyidagilar kiradi:
- Burun yon bo’shliqlarida infektsiyalar;
- Hid sezuvchi nervlarga qisman zarar yetishi;
- Og’iz gigienasi yomonligi;
- Og’iz bo’shlig’i infektsiyasi;
- Tushkunlik;
Virusli gepatit ham disosmiyaga olib kelishi mumkin. Bunday holda zararsiz hidlar ko’pincha ko’ngil aynishini keltirib chiqaradi.
Miyaning hissiy xotiralar saqlanadigan qismi (tepa bo’limning o’rta qismi) tutqanog’i qisqa muddat kuchli yoqimsiz hid hisini keltirib chiqarishi mumkin (hidli gallyutsinatsiyalar). Bu hidlar yaqinlashib kelayotgan tutqanoqning (aura deb ataladi) bir qismidir, u hid sezish buzilishini bildirmaydi. Gerpes viruslari tufayli kelib chiqqan miya infektsiyalari (gerpetik ensefalit) ham hidli gallyutsinatsiyalarga olib kelishi mumkin.
Ta’m sezmaslik
Ta’m sezish zaiflashishi (gipogevziya) yoki uni umuman sezmaslik (agevziya) odatda tilga ta’sir qiluvchi omillar natijasida rivojlanadi va qoida tariqasida og’izning kuchli qurishiga olib keladi. Bunday omillarga Shegren sindromi, chekish (ayniqsa, mushtuk orqali chekish), bosh va bo’yin hududida radiatsion terapiya olish, suvsizlanish va ba’zi dori vositalar qabuli (antigistaminlar va amitriptilin kabi antidepressantlar) kiradi. Shuningdek:
- Oziq moddalar yetishmovchiligi (masalan rux, mis va nikel tanqisligida) — ta’m va hid sezish darajasini o’zgartirishi mumkin.
- Bell falaji (yuzning yarmi falaj bo’ladigan kasallik) — ta’m sezmaslik odatda til uchining oldingi uchdan ikki qismida buziladi (bir taraflama, tomoni falajga bog’liq). Ammo bemor bunga e’tibor bermasligi mumkin, chunki tilning qolgan qismi ta’mni to’liq sezadi (va ba’zi holatlarda undan ham kuchliroq).
- Tilning kuyishi — ta’m so’rg’ichlarining vaqtincha yo’qotilishiga olib keladi.
- Nevrologik kasalliklar, shu jumladan depressiya va stress — ta’m sezishda buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
- Milk kasalligi (gingivit) yoki ta’m yoki hidning yo’qolishiga olib keladigan kasalliklar (shu jumladan, tushkunlik va tutqanoq) — ba’zan ta’m sezishning o’zgarishini (disgevziya) chaqiradi.
Buzilish quyidagi dori-darmonlarni qabul qilish tufayli kelib chiqishi ham mumkin:
- Antibiotiklar;
- Antikonvulsantlar;
- Antidepressantlar;
- Ba’zi kimyoterapevtik dorilar;
- Diuretiklar;
- Artritni davolash uchun dori-darmonlar;
- Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dorilar.
Ta’m sezish darajasini shirin (shakar), nordon (limon sharbati), sho’r (tuz) va achchiq (aspirin, xinin, aloe) moddalar yordamida tekshirib ko’rish mumkin[1].
Davolash
Ushbu holatni keltirib chiqaradigan omillar ko’pligi sababli, muammoning ildizini aniqlash uchun quyidagi shifokorlarga murojaat qilish kerak:
- Otorinolaringolog;
- Neyrojarroh;
- Nevropatolog;
- Endokrinolog;
- Stomatolog.
Davolash choralari muammoning sababiga qarab belgilanadi:
- Mikroelement va vitaminlar yetishmasligida — vitamin va mineral moddalar saqlovchi qo’shimcha preparatlar qabul qilish.
- Quloq-tomoq-halqum yallig’lanishida — antibiotiklar.
- Allergik rinitda — antigistaminlar.
- Nevozlarda — tinchlantiruvchi preparatlar, massaj, fizioterapiya.
- Stomatologik muammolarda — tish va milk kasalliklarini davolash, og’iz bo’shlig’i sanatsiyasini amalga oshirish.
- Endokrin muammolarda — gormonal vositalar, bezlar funktsiyasini normallashtiruvchi preparatlar.
Oldini olish
Hid va ta’m sezishda muammolarga duch kelmaslik uchun turmush tarzini o’zgartirish tavsiya etiladi, xususan:
- To’g’ri va servitamin ovqatlar bilan ovqatlanish;
- Shifokor tavsiyasiga ko’ra vitamin komplekslar qabul qilish;
- Chekishni tashlash;
- Mehnat va dam olish tartibiga rioya etish;
- Toza havoda ko’proq sayr qilish;
- Depressiv va apatik holatlardan imkon qadar qochishga harakat qilish;
- Og’iz bo’shlig’i gigienasiga amal qilish;
- Surunkali kasalliklarni e’tiborsiz qoldirmaslik.
Хид билиш кобилиятини шикасланишига нима сабаб булади масалан кимявий нарсаларни хидлаш окибатида булиши мумкунми?
Koronavirus bilan kasallanganda ham hid bilish buziladi. Hozirda bu tasdiqlangan, oldin biron marta eshitmagandim hid bilmayapman degan gapni. Hozir hammada shu gap, ehtiyot bolinglar, agar hid bilmaslik sezilsa atrofdagilar bilan aloqani cheklang, 2-3 kun izolyatsiya qiling, tez yordam chaqiring, ishqilib qolganlarni ehtiyot qiling bu covid-19 bolishi ham mumkin
Men xozir tam xid sezmayman nima qilishim kere xozir
Хид билмаслик ва там сезмаслик иккаласи хам бир вактта кечса нима килиш керак? Бу аломатлар Ковид19да кузатилганми
Men ikki oy oldin bir kechada boshim og’rib isitma qildim so’ngra buistma bir kechada o’tib ketdi shundan so’ng burnim bitib qoldi va ochildi keyin xidsezmay qoldim endi asta sekin o’tkir xidli vositalarnu xidini sezyapman ammo boshqa hidlarni hidini birxil sezyapman men uhidlarni oldin sezmaganman buni davosi bormi va qanaqa qilib davolasa bo’ladi
Men ham anchadan beri hid sezmayabman nim qilishni bilmay qoldim
shamollaganimdan keyin hid va tam bilmay qoldim
20 kunda asta sekin utkir xidlarni boshini bilaman sezaman keyin yana bilmay qolaman nima qilish kerak 100% hid bilish qaytishi uchun
Covid 19 ga chalinmasa ham hid bilish qobilyati yuqoladimi?
Menda shunaqa holat kuzatilyapti.
6 oydan beri xid sezmayman wunqasyam bolw mumkinmi??
Assalomu Aleykum man kop yog’ingarchilik hovodan keyn hid bilmi qoldim nma qlsam bo’ladi taxminam 6 oy yoki 7 oy boldi