Tish abstsessi — turlari, sabablari, alomatlari, davolash, oldini olish

Tish abstsessi — bu yuqori jag’ning alveolyar o’simtasi yoki pastki jag’ alveolyar qismining ichki yoki tashqi yuzasida yiring to’planishi natijasida kelib chiqadigan infektsion jarayon. Odatda, abstsessning sababi tishning yumshoq, ko’pincha o’lik bo’lgan pulpasida to’plangan bakterial infektsiya bo’lib, bu holat o’z vaqtida davolanmagan karies, tish kasalliklari yoki turli periodontal kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Tishlarning ildiz kanali tizimini muvaffaqqiyatsiz davolash ham tish yiringlashiga olib kelishi mumkin.

Tish abstsessi

Tish abstsessining uch turi farqlanadi:

  • Milk abstsessi (yoki flyus) tishlarga yoki periodontal boylamga ta’sir qilmasdan, faqat milklarning shikastlanishi bilan ifodalanadi;
  • Periodontal — parodontal cho’ntakdagi yallig’lanish jarayoni, tish ildizi tomon rivojlanadi;
  • Periapikal — tish ichidagi o’lik pulpada yuzaga keladi.

Sabablari

Tish abstsessi turli to’liq davolanmagan stomatologik kasalliklar natijasida rivojlanishi mumkin. Ko’pincha buning sababi mexanik jarohatlar tufayli tishning sinishi yoki yorilishi bo’ladi.

Gripp yoki anginada infektsiyaning qon oqimi bo’ylab tarqalishida ham tish yiringlashi kuzatilishi mumkin. Jag’ sohasidagi furunkullar yoki noto’g’ri tibbiy muolajalar tufayli to’qimalarga infektsiya tushishi ham xavf omili sanaladi.

Alomatlari

Abstsess doimiy lo’qqillovchi va otuvchi og’riqlar bilan ifodalanadi. Tish ustiga bosilganda yoki biroz issiq ta’sir ettirilganda og’riq xuruji kuchayishi mumkin. Tish, milk va / yoki yonoqlar asosida shish paydo bo’lishi kuzatiladi, muz ta’sirida shishning kamayishi qayd etiladi.

O’tkir abstsess og’riqsiz bo’lishi mumkin, ammo shilliq qavatda baribir shish paydo bo’ladi. Ba’zi hollarda tish abstsessi yon to’qimalarga o’tib, yuzning shishishi va suyak perforatsiyasiga olib kelishi mumkin. Ba’zan bo’yin sohasidagi limfa tugunlarining yallig’lanishi kuzatiladi, sezilarli shish paydo bo’ladi. Bemorlar bosh og’rig’idan shikoyat qilishlari mumkin.

Davolash

Tish abstsessini muvaffaqiyatli davolash infektsiya manbaini aniqlash va bartaraf etishdan iborat bo’lib, antibiotiklar qabuli va drenajlashni o’z ichiga oladi. Agar tishni saqlab qolish imkoni bo’lsa, unda ildiz kanalida terapiya o’tkaziladi. Qayta tiklanmaydigan tishlar olib tashlanadi.

Abstsess bir necha sabablarga ko’ra tuzalmasligi mumkin:

  • Kista;
  • Tish ildiz kanalni noto’g’ri davolash;
  • Tish ildizining vertikal sinishi;
  • Hamrohlik qiluvchi periodontal kasalliklar;
  • Tish ildizlarining yuqori jag’ sinuslariga kirib borishi.

Oldini olish

Kasallik rivojlanishini oldini olish og’iz bo’shlig’ining infektsion-yallig’lanish kasalliklarini o’z vaqtida davolashni nazarda tutadi.

Jami baholar 4 / 5. Ovozlar soni: 5

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.