Chaqaloq tagligini almashtirish — qachon va qanday, tavsiya va qoidalari

Bir marta foydalaniladigan tagliklar (pamperslar) ota-onalar uchun yangi tug’ilgan chaqaloqni parvarishlashda katta yordamchi sanaladi. Bola terisi quruq bo’lishi, u o’zini qulay his etishi uchun taglikni o’z vaqtida almashtirish muhimdir. Shuning uchun, tagliklarni qanday almashtirish va buni qanchalik tez-tez bajarish kerakligini aniq bilish kerak.

Chaqaloq tagligini almashtirish

Oddiy tavsiyalarga amal qilgan holda, bolaning terisi qizarishi va toshmalar toshishini oldini olish mumkin.

Taglikni qanchalik tez-tez almashtirish kerak

1-2 oylik chaqaloqda taglikni har 2-3 soatda, 3-6 oylikka yetganida har 4-6 soatda almashtirib turish lozim. Bola 6 oylik bo’lganidan so’ng, ota-onalar taglikni qanchalik tez-tez almashtirish kerakligi haqida bolaning xususiyatlaridan kelib chiqib qaror qabul qilishadi. Bunda asosiy signallariga e’tibor berish kerak xolos.

Quyidagi holatlarda esa taglikni albatta almashtirish zarur:

  • Chaqaloq «katta ehtiyoj»ni qondirsa, chunki axlat taglikka to’liq so’rilmaydi;
  • Taglik shikastlansa, masalan, yirtilsa, yopishqoq manjeti uzilib ketsa;
  • Bola uxlamoqchi bo’lsa;
  • Sayr yoki uzoq safar rejalashtirilgan bo’lsa;
  • Nazorat qilish paytida taglik ostidagi teri nam bo’lsa.

Chaqaloq hayotining birinchi oylarida kuniga 15-20 tagacha tagliklar ketishi mumkin, bola o’sib ulg’aygani sayin ularga bo’lgan ehtiyoj kuniga 5-8 tagacha kamayadi.

Shu bois taglikni qachon almashtirish kerakligini bilish uchun 30-45 daqiqada uni tekshirib turish muhim. Barchasi o’z vaqtida amalga oshirilsa, bolaning terisi qizarishi, toshma toshishi, dermatit rivojlanishining oldi olingan bo’ladi.

Kechalari, chaqaloqlar uchun, qoida tariqasida, bitta taglik kifoya qiladi.

Chaqaloqlarda taglikni almashtirish qoidalari

Taglikni almashtirish joyi barqaror, tekis sirtli bo’lishi, o’ta qattiq bo’lmasligi tavsiya etiladi. Taglik yo’rgaklash uchun maxsus suv o’tkazmaydigan choyshabga (клеёнка) qo’yiladi. Bunda dastlab qo’lni sovun bilan yuvish juda muhimdir. Bolani har soniyada nazorat qilib turish kerak.

Taglikni almashtirish uchun quyidagilar kerak bo’ladi:

  • To’g’ri o’lchamdagi toza taglik;
  • Bir marta ishlatiladigan nam salfetkalar;
  • Sovun;
  • Iliq suv;
  • Sochiq;
  • Bolalar kremi yoki upasi.

Almashtirish ketma-ketligi quyidagicha:

  1. Bolani tayyorlangan joyga qo’ying.
  2. Eski taglikni bolani oyoqlarini ko’tarib turgan holda yechib oling va chetga olib turing.
  3. Bolaning terisini tozalang. Buni salfetkalar yoki iliq sovunli suv yordamida amalga oshirish mumkin. Qizlarni yuvintirishda harakatlar qorindan dumba tomonga tomon yo’nalishda bo’lishi juda muhimdir.
  4. Bola tanasining tozalangan joylarini sochiq bilan o’rab turing.
  5. Teriga krem ​​yoki upa surting.
  6. Bir qo’l bilan bolani ikkala oyog’idan sekin ko’tarib turib, ikkinchi qo’l bilan ochilgan toza taglikni qo’ying. Bolaning oyoqlarini pastga tushiring.
  7. Taglikning old qismini torting.
  8. Yopishqoq manjetka yordamida taglikni mahkamlang. U mustahkam o’tirishi zarur, lekin qismasligi kerak.
  9. Oyoqlar atrofidagi elastik tasmalarni yozib oling, u noto’g’ri o’rnashib qolgan bo’lishi mumkin.

Endi chaqaloq quruq va qulaylikda. Unga dunyoni o’rgatish, ovqatlantirish yoki u bilan o’ynash mumkin.

Jami baholar 5 / 5. Ovozlar soni: 2

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.