Ishtaha yo’qolishi — sabablari, patologik va tabiiy holatlar, hamroh alomatlar

Oziq moddalarining yetishmasligi nafaqat kishining kayfiyatiga, balki salomatligiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun bunday muammo imkon qadar tezroq hal qilinishi kerak. Ishtaha yo’qolishi sabablari va uni qanday qilib me’yorga keltirish mumkinligi haqida quyida batafsil.

Ishtaha yo'qolishi

Ochlik va ishtaha o’rtasidagi farq

Ishtaha yo’qolishi tashxisini qo’yishdan oldin uning mohiyatini tushunish kerak. Ishtaha ko’pincha ochlik — bu ovqat yo’qligida namoyon bo’lgan refleks bilan adashtiriladi.

Ochlik rivojlanishi mexanizmi qonda glyukoza darajasining pasayishi natijasida ishga tushiriladi, bunda miya markazlariga signal yuboriladi. Odamda ochlik spazmi paydo bo’lganda faol ravishda so’lak ajrala boshlaydi, hid sezish yaxshilanadi va oshqozon ostida tortishish hissi paydo bo’ladi.

Ushbu alomatlarning barchasi odamning ochlik his etishi va ovqat izlashga tushishiga turtki beradi. Shu bilan birga unda muayyan taom iste’mol qilishga xohish bo’lmaydi, u har qanday taom qabul qilishga tayyor.

Kishining ma’lum ovqatlarni iste’mol qilish bilan ifodalanadigan ochlik hissi esa ishtaha deb ataladi. Ushbu hissiyotga ko’plab omillar ta’sir qiladi: kunning vaqti, yashash joyi, ta’m afzalliklari, hissiy holat.

Muayyan ta’mga ehtiyoj bo’lmasligi va kishining umuman ovqat iste’mol qilishni istamasligi ishtaha pasayishi deb ataladi. Ushbu holat anoreksiya va boshqa muammolarga olib kelishi mumkin.

Hamrohlik qiluvchi alomatlar

Organizmga oziq-ovqat kerakligi haqida signal bosh miya tomonidan yuboradi. Unda ovqat hazm qilish tizimiga signal beradigan neyronlar mavjud.

Ochlik hissini boshdan kechiradigan odamning organizmda insulin miqdori ko’payadi va oshqozon sharbatining faol ishlab chiqarila boshlaydi. Ochlik hissining sezilmasligi miyaning boshqa ehtiyojlar bo’yicha ishlashini ko’rsatadi. Ishtahaning pasayishi — ovqat hazm qilish tizimining ayrim kasalliklarida kuzatiladigan himoya reaktsiyasidir.

Ko’pincha odamda ishtaha yo’qligida kuzatiladigan alomatlar mavjud. Ko’ngil aynishi, zaiflik — ularning eng keng tarqalganlari. Ushbu belgilar mavjudligi shifokorlarga ishtaha yo’qolishi sababini aniqlashga ko’maklashadi.

Ishtaha pasayishi sabablari

Ishtaha yo’qolishining barcha sabablarini ikkita toifaga bo’lish mumkin: patologik va patologik bo’lmagan.

Patologik sabablar

Ko’pincha, kattalarda ishtahaning yo’qolishi kasalliklar mavjudligidan dalolat beradi. Ishtaha bilan bog’liq muammolarni unutish uchun professional yordam talab etilishi mumkin.

Ishtaha pasayishining patologik sabablari quyidagilardan iborat:

  • Ichak disbakteriozi. Ovqat hazm qilish jarayonlarida foydali va patogen mikroorganizmlar ham ishtirok etadi. Agar ularning muvozanati buzilgan bo’lsa, organizm oziq-ovqatdan kerakli mikroelementlarini o’zlashtira olmaydi;
  • Endokrin muammolar. Gormonlar yetishmasligi ko’ngil aynishi va qayt qilishga olib keladi. Natijada, odam zaiflashadi va ishtahani yo’qotadi;
  • Surunkali oshqozon-ichak kasalliklari. Bunday alomatlar oshqozon yarasi, gastrit, gastroduodenitdan dalolat berishi mumkin. Kasallik xuruj olishining dastlabki belgilari kuzatilishi bilanoq profilaktik davolanishni o’tash tavsiya etiladi.
  • Ruhiy muammolar, nevroz. Yuqori zo’riqish, stress, dam olish va ma’naviy qo’llab-quvvatlash yo’qligi apatiya, tushkunlikka olib keladi. Ushbu muammolar ko’pincha zaiflik, ko’ngil aynishi, charchoq va ishtahaning pasayishi bilan to’ldiriladi;
  • Organizmning intoksikatsiyasi. Zararli bakteriyalar intoksikatsiyani yuzaga keltirishi mumkin, natijada odam zaiflik va oziq-ovqatni xush ko’rmaslikni his qiladi;
  • Yurak-tomir kasalliklari. Qon tomirlarining yomonlashishi organizmning umumiy zaifligini, qon bosimning oshishi esa ko’ngil aynishni keltirib chiqaradi;
  • Dori vositalariga qaramlik. Doimiy ravishda dori-darmonlar qabul qilish oshqozon-ichak traktining ishini qiyinlashtiradi. Shu sababli gastrit, oshqozon yarasi va oshqozon osti bezi patologiyasi paydo bo’lishi mumkin;
  • Onkologiya. Kimyoterapiya natijasida organizmdagi ko’plab jarayonlarda, ayniqsa ovqat hazm qilish tizimida turli nosozliklar yuzaga keladi;
  • Organizmdagi virus va infektsiyalar. Kasalliklarda ko’pincha ishtaha sezilarli darajada pasayadi, chunki kuchlar viruslarga qarshi kurashishga qaratiladi. Ko’p miqdorda toksinlar zaiflik va ko’ngil aynishga olib kelmasligi uchun suv muvozanatini saqlash kerak, ya’ni ko’p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi.

Patologik bo’lmagan sabablar

Odamning ovqatdan bosh tortadigan vaziyatga tabiiy sabablar ham olib kelishi mumkin. Ular hech qanday kasallikka bog’liq emas.

Patologik bo’lmagan sabablarning o’ziga xos xususiyatlari:

  • Alomatlarning davomiyligi 4-5 kundan oshmaydi, keyin ishtaha o’z-o’zidan kuchayadi;
  • Tibbiy yordam, dori-darmonlar qabul qilishga hojat yo’q;
  • Salomatlikka salbiy ta’sir ko’rsatmaydi;
  • Simptomlar oyiga bir martadan ortiq takrorlanmaydi;
  • Ishtaha yo’qolishi keskin vazn yo’qotishga olib kelmaydi.

Patologik bo’lmagan sabablar ro’yxatiga quyidagi shartlar kiradi:

  • Hayz ko’rish. Ushbu davrda ayol organizmi gormonlar ta’siriga juda sezgir bo’ladi. Estrogen va progesteron darajasining keskin oshishi zaiflik, ishtaha yo’qolishiga olib keladi. Sikl oxirida ko’pincha ushbu alomatlarga qorin bo’shlig’i spazmlari va bosh og’rig’i qo’shiladi;
  • Ortiqcha ovqatlanish. Kunduzi yaxshi ovqatlanmaslik tunda ishtahaning kuchayishiga olib keladi. Oshqozon-ichak trakti kun bo’yi zo’riqishga duch kelmagan, shuning uchun kechki vaqt organizm uyquga tayyorgarlik ko’rish vaqtida iste’mol qilingan oziq-ovqat yomon uyqu, ko’ngil aynishi va qayt qilishga sabab bo’lishi mumkin. Bularning barchasi ishtaha pasayishiga olib keladi;
  • Uzoq muddatli ochlik. Agar kishi ongli ravishda ovqat iste’mol qilishni cheklasa, bu ko’ngil aynishi va zaiflikni keltirib chiqarishi mumkin. Oshqozonga uzoq vaqt davomida oziq-ovqat tushmasligi natijasida ajralib chiqadigan shira shilliq qavatni ta’sirlantira boshlaydi. Ovqatlanmaslik oqibatida ish qobiliyati pasayadi va zaiflik, kuchsizlik paydo bo’ladi.

Jami baholar 5 / 5. Ovozlar soni: 2

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.