Ayollar jinsiy a’zosi qichishi va achishi — sabablari, davolash usullari, ko’rsatmalar

Ayol jinsiy a’zolarining shilliq qavati murakkab ekotizim bo’lib, unda ma’lum bir nisbatda ko’plab turli xil mikroorganizmlar mavjuddir. Ularning miqdori va tarkibi ayolning yoshi va fiziologik holatiga qarab o’zgarib turadi.

Ayollar jinsiy a'zosi qichishi: illyustrativ tasvir

Hayotning ma’lum bir davri uchun xarakterli bo’lgan mikroorganizmlar normal nisbati saqlanib turar ekan, ayol intim zonalarida noqulaylik sezilmaydi. Bu muvozanat buzilganidan so’ng, ayol jinsiy a’zosi qichishishi, diskomforti, qizarishi, quruqligi, achishi va hokazo shikoyatlar paydo bo’la boshlaydi.

Ayollarning jinsiy a’zosi qichishi

Ayollar jinsiy a’zolarining qichishi va achishi — bu kasallik emas, bu faqat ma’lum buzilishlarning namoyon bo’lishi, patologik o’zgarishlar sodir bo’lgani va unga e’tibor qaratish kerakligi haqida signaldir. Bunday belgilar kuzatilishiga ko’pgina kasalliklar sababchi bo’lishi mumkin.

Muammo ham yakka o’zi, ham boshqa alomatlar bilan birgalikda kuzatilishi mumkin, xususan:

  • Jinsiy yo’llardan turli xil tabiatli ajralmalar;
  • Katta jinsiy lablar terisida va / yoki shilliq qavatida toshma toshishi;
  • Yoqimsiz, tabiiy bo’lmagan hid;
  • Qin quruqligi;
  • Yopishqoq, qon aralash ajralmalar;
  • Oraliqda yoki qorinning pastki qismida og’riqlar;
  • Qin ichida yot jism mavjudligi hissi.

Achishish va qichishishning intensivligi yengil shakldan tortib chidab bo’lmas diskomfortgacha bo’lishi mumkin. Alomatlar doimiy bo’lishi ham, davriy ravishda kuzatilishi, hayz yoki ovulyatsiya davri bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Har qanday holda shifokor maslahati zarurdir.

Sabablari

Qin disbakteriozi

Qinda achish va qichishga olib keladigan eng keng tarqalgan sabablardan biri. Mahalliy immunitetning pasayishi, turtki bo’ladigan boshqa omillar ta’siri ostida qinda disbalans paydo bo’ladi. Natijada kandida zamburug’lari (kandidoz), ichak tayoqchasi va gardnerella kabi mikroorganizmlar faol ravishda ko’paya boshlaydi. Disbakteriozda yuqoridagi belgilarga qo’shimcha ravishda qindan ko’p miqdorda ajralmalar ajralishi, yoqimsiz hid ham qayd qilinadi.

Alomatlarni bartaraf etish uchun mikroorganizmlar disbalansiga nima sabab bo’lganini aniqlash, ushbu omilni bartaraf etish va bu vaziyat kelajakda o’zini qayta namoyon qilmasligi uchun ehtiyot choralarini ko’rish kerak. Bunday holatda shifokor davolash uchun mikroblar va zamburug’larga qarshi preparatlar bilan bir qatorda qin mikroflorasini tiklaydigan vositalarni ham tayinlaydi.

Kasalliklar

  • Jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar. Bunga xlamidioz, gonoreya, trixomoniaz, gerpes, papillomavirus infektsiyasi misol bo’la oladi. Ular vulva, qin qichishi, achishi, yallig’lanishini keltirib chiqarishi mumkin. Samarali davolash kasallikning sababchisi va shaxsiy ko’rsatmalar hisobga olingan holda belgilanishi lozim. Ko’pincha antibiotiklar bilan davolash talab etiladi.
  • Ginekologiyaga aloqador bo’lmagan bir qator kasalliklar. Masalan, vulva sohasida qichish va achish qandli diabet, qon kasalliklari, teri sarqiligi bilan kechadigan gepatit, buyrak faoliyatining buzilishi va boshqa patologiyalardan aziyat chekayotgan ayollarda ham kuzatilishi mumkin.
  • Siydik-tanosil tizimi yallig’lanishlari. Ssistit, servitsit, endometrit, adneksit, metrit kabi kasalliklar achishishning asosiy sababchilaridan biri. Davolash uchun kompleks tekshiruv o’tkazish, infektsiyani aniqlash va tegishli preparatlarni tanlash zarur.
  • Allergiya. Ko’pinсha, jinsiy a’zo allergiyasiga gigiena vositalari, intim gellar va yog’lar, sintetik ich kiyim, ich kiyimda qolgan kir yuvish kukuni qoldiqlari va hatto turmush o’rtog’ining urug’ suyuqligi sabab bo’ladi. Agar shifokor alomatlarning allergik tabiatini tasdiqlagan bo’lsa, antigistaminlar va sedativ preparatlar buyuriladi.

Boshqa omillar

  • Noto’g’ri vosita tanlash. Supermarketda birinchi to’g’ri kelgan flakonni sotib olish to’g’ri emas. Yuvinish uchun vositalar ayolning fiziologik holati va yoshiga mos kelishi kerak. U tabiiy moddalarni o’z ichiga olishi, gipoallergen bo’lishi, kimyoviy qo’shimchalar va bo’yoqlar saqlamasligi zarur.
  • Gormonal fon o’zgarishlari. Ayol va qizlarda jinsiy yetilish, homiladorlik, hayz, menopauza, stresslar natijasida va organizmdagi boshqa buzilishlari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda shifokor gormonal fonni normallashtirish uchun preparatlarni buyuradi. Qo’shimcha namlantiruvchi sifatida maxsus yog’lar va gellar tavsiya etiladi.
  • Psixologik omillar. Xususan stress holati, jinsiy aloqadan oldin qo’rquv yoki o’tkazilishi kerak bo’lgan operatsiya tufayli tashvishlanish va hokazo. Bunday holatda alomatlarni bartaraf etish biroz mushkul sanaladi, psixoterapiya qo’llaniladi, sedativ preparatlar belgilanadi.
  • Intim joylarning noto’g’ri gigienasi. Bu holda ham sezilishi, teri qizarishi, toshma toshishi kuzatilishi mumkin. Normal vaginal florani saqlab qolishda intim gigiena uchun to’g’ri tanlangan vositalar yordam beradi.
  • Tor kiyimlar kiyish. Jinsiy lablar qichishi va achishi tor, qisadigan ichki kiyim, stringlar kiyish, doimiy ravishda kundalik prokladkalar ishlatish tufayli chaqirilgan bo’lishi mumkin. Chunki buning naijasida patogen organizmlarning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratiladi.

Ko’rsatmalar

Tabiiyki, ginekologga tashrif buyurish, alomatlarning sababini aniqlash va patologiyani yanada samarali davolash uchun tekshiruvlardan o’tish kerak.

Ginekologga murojaat qilmagunga qadar, jinsiy aloqada albatta prezervativlardan foydalanish kerak. Chunki jinsiy lablar qichishi va achishi ko’plab yuqumli kasalliklar alomati sanaladi. Himoyalanmagan aloqada esa kasallik turmush o’rtog’iga ham yuqishi mumkin.

Ayol qichish sezilishidan bir necha kun oldin yangi intim gigiena uchun vosita, lubrikant, yangi turdagi prokladkalardan foydalana boshlagan bo’lsa, bunda allergik reaktsiyadan shubha qilish mumkin. Sabablarga aniqlik kiritilguniga qadar gumon qilinayotgan allergen bilan aloqani bekor qilish kerak.

Intim joylarning gigienasiga alohida e’tibor berish joiz. Tabiiy matodan tayyorlangan ich kiyimlar kiyish, kundalik prokladkalardan faqat kerak bo’lganida foydalanish (agar ko’p ajralmalar mavjud bo’lsa, ularni har 3-4 soatda almashtirish), hayz davrida vaqtincha muddatga tampon o’rniga prokladkalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Stringlar, har qanday noqulay yoki tor ich kiyim yoki shimlar kiymaslik kerak. Ular qichishning kuchayishiga sabab bo’lishi mumkin. Kuniga 2-3 marta tashqi jinsiy a’zolarini yuvib turish tavsiya etiladi. Bu maqsadda moychechak damlamasidan foydalanish mumkin, oddiy sovun ishlatish yaramaydi.

Yuqoridagi choralar jinsiy a’zo qichishini davolash usuli sanalmaydi. Ular faqat yoqimsiz alomatlarni biroz yengillashtirish va mavjud holatni og’irlashtirib yubormaslikka yordam beradi.

Har qanday holatda ham ginekologga tashrifni kechga qoldirmaslik zarur, yo’qsa keyinchalik buni davolash ancha murakkabroq, uzoqroq va qimmatroq bo’lishi mumkin. Ayol esa noxush alomatlardan ko’proq aziyat chekkani qoladi.

Tashxislash

Bunday alomatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan sabablar juda ko’p va ular turli-tumandir, shu sababli davolashga yondashish ham turlicha bo’ladi. Bemorda mavjud alomatlar mohiyatini faqatgina kerakli tibbiy ko’rikdan so’ng shifokor tushinishi mumkin.

Bemorni so’roq qilib, ko’rik va kolposkopiya o’tkazganidan so’ng, shifokor ma’lum bir vaziyatda kerak bo’ladigan tahlillar turini belgilaydi. Asosan quyidagilar talab etilishi mumkin:

  • Qin florasini aniqlash uchun surtma olish;
  • Bakteriologik ekish;
  • IFT va PZR yordamida infektsiyalarni aniqlash tadqiqi;
  • Kichik chanoq a’zolarining ultratovushli tekshiruvi;
  • Ichak disbakteriozi uchun tahlil;
  • Parazit mavjudligini aniqlash uchun tahlil va boshqalar.

Davolash

Davolash ginekolog shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Agar joiz bo’lsa, terapiyaga boshqa mutaxassislar jalb qilinishi mumkin (muammoning mohiyatiga qarab): terapevt, nevropatolog, allergolog, dermatolog.

Bunday holda, shifokor har bir bemor uchun individual omillarni hisobga oladi. Shuning uchun hatto bir xil kasallikni davolashga yondashuv ham turli bemorlarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin, xususan:

  1. Agar muammo infektsiya tomonidan chaqirilgan bo’lsa, antibiotiklar qo’llash bilan mahalliy yoki tizimli davolash talab qilinadi.
  2. Kasallik zamburug’ tabiatli bo’lsa (masalan, kandidoz) zamburug’larga qarshi preparatlar buyuriladi.
  3. Allergik qichish antigistamin va sedativ preparatlar bilan davolaniladi.
  4. Agar alomatlar gormonal buzilish tufayli kelib chiqsa, gormonal terapiya qo’llaniladi, ginekolog-endokrinolog, endokrinolog konsultatsiyasi belgilanadi.
  5. Qichishga va yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo’lgan mahalliy preparatlar (shamchalar, malhamlar) buyurilishi mumkin.
  6. Agar qichishish psixologik omillar tufayli chaqirilganligi aniqlansa, psixoterapevt huzurida davolanish va sedativ preparatlar qabul qilish buyuriladi.

Jami baholar 4.2 / 5. Ovozlar soni: 47

Reklama

9 ta izoh qoldirilgan

  1. Manda fevraldan buyon ichimdan yoqimsiz g’alati hidli sariq suyuqlik kelopdi. Ginikologga bordim xar tomonlama tekshirishdi lekin sababini topisholmadi. Loborotoryada tekshirishda ham sababini bilisholmadi. Yaxshi dib tashxis quyishdi. Jinsiy azoyimda qichishish achishish buladi chidomedigan darajada buladi ayrim kunlar. Nima maslahat berasiz. Javob uchun oldindan raxmat

    1. Salom yaxwimisila. Mandayam wu yanvardan beri qichiwiw achishiw bovotudi har xil genekologlarga bordm . Har xil lichenyalar oldm futsis metromikon neo nistatin maz xullas hamma narsa qip kordm yaxwi bolaman bir oydan keyin yana takrorlanadi yana yaxwi bolaman yana bir oyda qaytalanvurdi. Malochnitsa diyiwdi . Mana hozi endi yana duxtrga bordm endi antibiotiklar yozip berarkan

  2. Ассалом исмим Нигина менда жинсий тарафда кичишиш пайдо буляпти чидаб булмас даражада екимсиз хидхам безота килади маслахат беришизди кутиб коламан

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.