Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish — usullari, TOP-5 tavsiya, qoidalari

Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish uchun ko’plab narsalarga e’tibor berish kerak. Erkaklar orgazmi masalasiga kelganda barchasi oddiy va tushunarli. Biroq hamma ham turmush o’rtog’i qoniqganligi haqida o’ylab ko’rmaydi. Agar jami bo’lib o’n daqiqa yaqinlikda bo’lib, so’ng uyquga ketadigan bo’lsangiz, demak jinsiy hayotga o’zgartirishlar kiritish vaqti kelgan.

Jinsiy aloqada ayolni qondirish: illyustrativ tasvir

Ayolni qanoatlantirish, o’zaro muhabbatni kuchaytirish uchun nima qilish kerak, quyida batafsil.

Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish qoidalari

Prelyudiyaning muhimligi

Erkak jinsiy aloqa qilishni istasaganida, u holda uning ayoli ham buni xohlaydi deb fikrlash noto’g’ri. Erkaklar tili bilan gapirganda, ayol kishi sovuqda qolgan avtomashina kabi. Dastlab uni ilitish lozim. Birinchi raqamli maqsad — ehtirosni uyg’otishdir.

Aksariyat erkaklar prelyudiyaga shu qadar ahamiyat bermaydiki, ba’zilar hatto uni o’tkazib ham yuboradi. Bir-ikkita erogen nuqtalarga ta’sir etish yetarli deb o’ylash ham xato bo’ladi. Jinsiy aloqadan oldin, unga moslashishga hissa qo’shadigan bir qator amallarni bajarish mumkin.

Ayol qanchalik yosh bo’lsa, unga yaqinlikning hissiy tomoni jismoniy tomonidan ko’ra shu qadar muhimroq bo’ladi. Bu, albatta, munosabatlarning tarjiba orttirilgan davrlarida prelyudiyani o’tkazib yuborish mumkin degani emas.

Erogen nuqtalar

Erogen yoxud shaxvoniy zonalarga tegish erotik to’lqin uyg’otadi. Dastlab asosiy erogen nuqtalarga ta’sir qilmaslikka harakat qilish kerak. Bunday nuqtalar bir bosishdayoq ehtiros uyg’otadigan tugmalar emas. Atmosferani «qizdirish» uchun avvalo bunday zonalar yaqiniga ta’sir etish va ularga tobora yaqinlashib borish kerak.

Lazzatni uzoq davom ettirish

Prelyudiya zerikarli va foydasiz deb o’ylash to’g’ri emas. Xudbinlik qilib, erkak faqat o’zi tayyor bo’lganida yaqinlikni boshlamasligi kerak. Qolaversa, xonimning kuchli istagini ko’rish g’urur va ishonchni kuchaytiradi.

Kontratseptsiya

Jinsiy aloqa boshqacha kelishilmagan bo’lsa, kontraseptsiya (homiladorlikni oldini olishga qaratilgan vositalar) bilan amalga oshirilishi kerak. Ayol buni eslatishi joiz emas, erkak barchasini o’zi bilib bajarishi talab etiladi. Ehtiros kuchaygan vaqtda bunday masalaga to’xtalish sovuqlik paydo qiladi, juftliklarni chalg’itadi. Jentelmenlikni unutmaslik kerak.

Suhbatlashish

Jinsiy aloqa sukunatda sodir bo’ladigan bo’lsa, faqatgina instinktlarni qondirish uchun bo’lgan sanaladi. Ammo kayfiyat boshqacha bo’lsa, unda so’zlarni bee’tibor qoldirib bo’lmaydi.

  • Birinchidan, prelyudiya vaqtida kayfiyatini to’liq nazorat qila olish mumkin. Ayolga xohishlar haqida bildirish kerak.
  • Ikkinchidan, ovoz sokin va past bo’lishi talab etiladi. Bu samimiylik va sirli atmosferani yaratadi. Shivirlab gapirish ehtirosni ham kuchaytiradi.
  • Uchinchidan, jarayon davomida ayolni yanada ko’proq ehtiroslantirish mumkin. Iltifot qilish, his-tuyg’ular haqida gapirish, ayol nima istayotganini so’rash kerak. Bunday vaqtda u ko’p istaklarini aytib bera oladi. Ularni bajarib, yotoqda qirol unvoniga erishish hech gap emas.

Real umidlar

Ayol internetda ko’rgan bo’lishingiz mumkin bo’lgan sahnalardan deyarli hech birini istamaydi va bajarmaydi. U — haqiqiy va real hayotdagi ayol.

Be’mani yoki axloqqa mos kelmaydigan, kamsitilish alomatlari bo’lgan xatti-harakatlar ijobiy natija bermaydi. Ehtiros bilan uning yangi ko’ylagini yirtib olish hech qachon yaqinlikning davom etishi bilan yakunlanmaydi. Faqatgina e’tirozlar eshitishga erishiladi, xolos.

Biroq, ma’lum bir fantaziyalar mavjud bo’lsa, ehtiros cho’qqisiga yetganda, ayollar ba’zi bir narsalarga qarshi chiqmasliklari mumkin. Shu sababli oldin iltifot ila prelyudiya, undan so’nggina taklif bo’lishi kerak.

Kuzatish

O’z harakatlaringizni yoqish-yoqmasligini so’rashni nojoiz deb topsangiz, ayol bunday harakatlarga qanday munosabatda bo’lishini kuzatish mumkin.

Tavakkal qilib, qulog’idan tishlashga qaror qilinsa, bunday keyin ayolning reaktsiyasiga e’tibor qaratish zarur. Yuzini burishtirdimi, xush yoqganidan ko’zlarini yumdimi yoki yuzida befarqlik aks etmoqdami. Bir texnika xush kelmasa, boshqasini qo’llab ko’rish mumkin. Albatta u ham inson, atom reaktori emas, uning xohishlarini o’rganish mushkul vazifa emas. Uzoq muddat birga bo’lgan juftliklar bir-birlarining xohish-istaklarini yaxshi tushunishadi, shu sababli monogam va moslashuvchan bo’lishga harakat qilish lozim.

Ayollar orgazmi

Eng ideal yaqinlik — har ikkala tomon ham undan bir xilda qoniqsa. Bu maqolaning mohiyati ham aynan shunda. Agar erkak o’z orgazmidan keyin ayolni qoniqtira olmasa, buning yaqinlikdan oldin amalga oshirishi mumkin.

Aksariyat erkaklar jinsiy aloqa eyakulyatsiya bilan tugaydi deb o’ylashadi. Agar orgazmga erishmaslik uni mukammal darajada qoniqtiradi deb hisoblasangiz, demak yanglish fikrdasiz. Umuman olganda jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish sirlarini bilish ilinjida kelgan har bir erkak buni tushungan bo’lishi kerak.

Ayolning lazzatlanishi nafaqat erkak kishiga, balki ayolning o’ziga ham bog’liq. Ba’zida ayol organizmidagi gormonal o’zgarishlar (homiladorlik, emizish davri) ham to’laqonlik lazzatlanishga yo’l qo’ymaydi.

Birgalikda qolish

Yaqinlikdan keyin quchoqlashish haqida gap ketganda buning ustidan kuladigan erkaklar mavjud. Bir martalik jinsiy aloqada bema’ni ish, oilaviy hayotda vaqt yo’q… Yotoqda qirol bo’lishga qaror qilsangiz, munosabatlarning bu qismiga ham hech bo’lmaganda bir necha daqiqa ajratish kerak.

Bu ayollar o’zlarini shunchaki ulardan narsa kabi foydalanishganidek his qilmasligi uchun kerak. Bu vaqt jinsiy aloqa unga xush keldimi yoki yo’qligini so’ramaslik lozim. Yuqorida aytilganidek, shunchaki kuzatish orqali uning chehrasidan bilib olish mumkin.

Ayolni qondirish psixologiyasi

Erkaklar va ayollar bir-biridan juda farq qiladigan jonzotlar ekanligini unutmaslik kerak. Ayollar psixologiyasining ba’zi xususiyatlarini yodga olib, bu farq nimada ekanligini tushunib olish mumkin.

  • Birinchi qoida. Ayollar uchun jinsiy aloqa — munosabatlarning mantiqiy davomi. Agar uni tushki vaqt xafa qilgan bo’lsangiz, tunda yaxshi munosabatlarni umid qilmaslik ham mumkin. Shuning uchun mavjud kelishmovchiliklarga kunning birinchi yarmida aniqlik kiritib olish kerak. Qarabsizki, kechga yaqin yarashib olishga ulgurasiz.
  • Ikkinchi qoida, har bir kishi biladi, lekin muhim daqiqada ko’pincha unutadi — ayol quloqlari bilan sevadi. U bilan iltifotli bo’lish, unga naqadar go’zal va betakror ekanligini eslatib turishdan charchamaslik ijobiy natija beradi.

    Ayollar romantikani sevadi. Qizil yelkanli yaxta tashkillashtira olmasangiz ham, hech bo’lmaganda, bitta guldasta yoki boshqa yoqimli sovg’a bilan ham ko’ngillarga iliqlik ulashish mumkin. Ko’rasiz, u buning qadriga yetadi.

  • Uchinchi qoida. Yaqinlik toza-ozoda xonada bo’lishi kerak. Kishining ko’nglini bexush qiladigan, kulgisini keltiradigan narsalar imkon qadar bartaraf etilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
  • To’rtinchi qoida. Erogen zonalarni qidirishni to’xtatmaslik. Ularni stimulyatsiya qilish ayollar ehtirosini oshiradi. Tajribali erkaklar yaxshi biladilar: quloqlarning yumshoq qismini yengil tishlash, qorinning pastki qismini siypalash yoki umurtqa bo’ylab qo’lni ohista o’tkazish ayollarni ehtiroslantiradi. Boshqalarda esa ehtiros ko’krakni silash natijasida uyg’onadi.
  • Beshinchi qoida: ayollar erkaklardan kam emas, ba’zida esa ko’proq, jinsiy monotoniyaga toqat qilmaydi. Ular tajribalarga, syurprizlarga, yangi holatlarga tayyor. Buni yodda saqlang va fantaziyalarni amalga oshirish uchun ularni ayolga taklif qilishdan qo’rqmang.

Har qanday holatda, ayollar qanday jinsiy aloqani xohlashi va ularni maksimal darajada qondirish usullarini o’rganish uchun tez-tez va samimiy yaqinlik qilishga harakat qilish kerak. Bu masalada, har qanday ishda bo’lgani kabi, tajriba amaliyot bilan kela boshlaydi.

Jami baholar 4.2 / 5. Ovozlar soni: 47

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.