Jinsiy quvvatni oshirish: mashqlar, tabiiy usullar, TOP-3 mahsulot

Bugungi kunda ko’plab o’rta yoshli erkaklar, ba’zida esa yoshlar ham jinsiy quvvat bilan bog’liq muammolarga duch kelishmoqda. Shifokorga borishdan iymanib, erkaklar shubhali dorilar, sun’iy preparatlarga murojat qilishlari mumkin.

Jinsiy quvvatni oshirish

Sintetik vositalar faqat bitta afzallikka ega: ular darhol natija beradi. Misol uchun, taniqli Viagra yarim soatdan keyin ta’sir qila boshlaydi va o’z ta’sirini 5 soat davomida saqlab qoladi. Biroq, muammoning tabiiy yechimlari ham mavjud, ular uzoq muddatli ta’sirga ega va umumiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Jinsiy quvvatni oshirish uchun mashqlar

Bunday mashqlar kichik chanoq a’zolarida qon aylanishini kuchaytirish va potentsiya mushaklarini chiniqtirishga qaratilgan bo’ladi. Ularni bajarish ko’p vaqt talab qilmaydi, natijalar esa birinchi haftadan keyinoq sezila boshlaydi.

Kardio

Erektsiya nomal bo’lishi uchun sog’lom yurak-tomir tizimi kerak. Qon aylanishi sifatining testosteron darajasi, shuningdek, moyaklar va miya sog’lig’iga qanchalik ta’sir qilishi haqida batafsil to’xtalish shart emas.

Bir narsani ta’kidlash kifoya: kardiozo’riqishlar — jinsiy quvvatni oshirishning ajoyib usuli. Aerob mashqlar bilan erektil disfunktsiya hatto davolanar ekan, oldini olish hech gap emas.

Oddiy qoida: yurak uchun foydali bo’lgan mashg’ulotlar potentsiya uchun ham foydali bo’ladi.

Shuning uchun kardio mashg’ulotlar uchun kuniga kamida 30-40 daqiqa ajratish tavsiya etiladi. Yugurish, suzish, tennis o’ynash (kamida stol tennisi) yoki bir nechta bekatni piyoda bosib o’tish ayni muddao.

Kegel mashqlari

Bu mashqlar haqida ko’pchilik eshitgan bo’lishi kerak, ammo ular ko’pincha faqat ayollar uchun tavsiya etiladi. Kamida bir necha erkaklar bu mashqlarni muntazam bajarganda uning foydasini sezishganini aytgan. Xususan uning foydali ta’sirlari quyidagilardan iborat:

  • Erektsiyani yaxshilash;
  • Orgazm intensivligini oshirish;
  • Erta bo’shalishni oldini olish.

Ovqatlanish tartibi

Ovqatlanish butun organizmning faoliyatida asosiy rol o’ynaydi. Oziq-ovqat o’z tarkibida organizm uchun barcha muhim moddalar, ayniqsa, jinsiy quvvatni oshiruvchi vitaminlar va minerallar saqlashi kerak. Ularning asosiylari rux, selen, B guruhi, E va C vitaminlaridir. Har kuni bu moddalarni sutkalik ehtiyoj miqdorida iste’mol qilish umumiy salomatlik o’z joyida bo’lishiga ko’maklashadi.

Sarimsoq, qalampir va banan

Ba’zi bir meva va sabzavotlar potentsiyaga ta’siri jihatidan sehrli xususiyatga ega. Kardio mashqlari kabi, ular qon aylanishini yaxshilaydi. HealthLine Amerika tibbiyot manbai quyidagilarni ko’proq iste’mol qilishni tavsiya qiladi:

  1. Piyoz va sarimsoq (agar ularning o’ziga xos hidiga ko’z yumish imkoni bo’lsa). Ular qon aylanishini rag’batlantiradi.
  2. Banan. O’zida ko’p miqdori kaliy saqlaydi, bu mikroelement qon bosimini me’yorlashtiradi va libidoni kuchaytiradi.
  3. Achchiq qalampir, shu jumladan chili. Ushbu mahsulot ham qon aylanishini yaxshilaydi va gipertoniya bilan kurashishda yordam beradi.

Qahva

Xyustonda Texas qoshidagi Ilmiy Sog’liqni saqlash Markazi tadqiqotchilari o’tkazgan izlanish natijasi kuniga 2-3 finjon qahva iste’mol qiladigan erkaklar kofeinni hush ko’rmaydiganlarga nisbatan erektil disfunktsiyadan kamroq shikoyat qilishlarini aniqladi.

Chuqurroq o’rganishlar shuni ko’rsatdiki, kofein jinsiy funktsiyaga Viagra kabi ta’sir ko’rsatar ekan: uni iste’mol qilishda tomirlar kengayadi va qon oqimi kuchayadi. Bu ikki element kuchli erektsiyaning kaliti sanaladi.

 B guruh vitaminlari va Omega-3

Omega-3 yog’ kislotalari qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi. Bunday moddalar losos, tunets, avokado, zaytun yog’ida mavjud.

Vitamin B1 nerv signlallarini miyadan organizmning turli qismlariga, jumladan olatga o’tishi yaxshilaydi. Bu vitamin yeryong’oq va loviya tarkibida yetarlicha miqdorda mavjud.

B guruhi vitaminlarining butun spektri tovuq tuxumida saqlanadi. B-komplekt gormon darajasini muvozanatlashtiradi, stressning salbiy oqibatlarini kamaytiradi va natijada erektsiyani yanada barqaror qiladi.

Tabiiy usullar

Albatta, jinsiy quvvatni uy sharoitida kuchaytirish mumkin va buning bir nechta yo’llari mavjud. Shunday bo’lsa-da, avvalo mutaxassis bilan maslahatlashish va birinchi navbatda u tavsiya etgan usullarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Vaznni me’yorlashtirish

Semizlik nafaqat testosteron darajasini pasaytiradi, balki ayollar jinsiy gormoni — estrogen darajasini oshiradi ham. Bu esa erektil disfunktsiyaga olib keladi, erkaklarning umumiy salomatligini yomonlashtiradi. Bundan tashqari, ortiqcha vazn yurak-tomir kasalliklari va qandli diabet rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin.

Psixologik yondashuv

Stress, uzoq muddatli depressiyalar va siqilishlardan qochish zarur. Organizm muayyan tashvish yoki stressga duch kelganida, jinsiy funktsiya zaiflashadi. Bunday holat urug’lantirishning qadimiy mexanizmiga bog’liq bo’lib, u keyingi avlod eng qulay sharoitda tug’ilishi zarurligi uchun javobgardir.

Testosteron

Jinsiy funktsiya va mayl erkak jinsiy gormoni — testosteron darajasi bilan bevosita bog’liq. Erkak organizmida testosteronning pasayishi potentsiya va jinsiy imkoniyatlarning zaiflashuviga sabab bo’ladi. Bu, ayniqsa, o’rta va katta yoshdagi erkaklarga tegishlidir, chunki 25 yoshdan keyin testosteron darajasi yiliga taxminan 1-1,5% ga kamaya boshlaydi.

Stressni kamaytirish

Stress — erektsiyaning asosiy dushmanlaridan biri. U yurak ritmining buzilishi, qon bosimi oshishiga olib keladi, ruhiy tushkunlikni oshiradi. Bu psixofiziologik «kokteyl» jinsiy maylga jiddiy zarar yetkazadi va boshqa sohalardagi samaradorlikni ham pasaytiradi.

Yechim: salbiy psixologik stress ta’sirini kamaytirish yo’llarini topish. Yoga, boks xaltasini bor kuch bilan urish, psixoterapiya, dilkash inson bilan suhbatlashish — variantlar juda ko’p.

Yomon odatlardan voz kechish

Erkak sigaret va alkogolli ichimliklardan taskin topmasligi kerak. Aks holda tomir spazmlari yuzaga kelib, erektsiya yanada yomonlashishi mumkin. Birgina zararli odatlardan xalos bo’lishning o’zi erkaklarning jinsiy quvvatini sezilarli darajada yaxshilashga qodir.

Chiroqni yoqish

G’ira-shira yorug’lik va qorong’ulikda inson organizmni melatonin gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon tinchlanish va uyquga ketishga yordam beradi, biroq ayni paytda erkak libidosini ham zaiflashtiradi.

Melatonin kamroq bo’lsa, jinsiy mayl ham kuchliroq, erektsiya yaxshiroq bo’ladi. Shu tufayli kunduzi yetarli darajada quyosh nurlaridan bahramand bo’lish, yaqinlikni yorug’lik me’yorda bo’lgan sharoitda amalga oshirish ta’sirini sinab ko’rish kerak.

Tibbiy muolajalar

Dori vositalari

Dori vositalarini qo’llash eng ommabop, lekin potentsiyani yaxshilash uchun har doim ham xavfsiz va samarali sanalmaydigan usuldir. Preparatlarning aksariyati kumulyativ ta’sirga ega emas va ular favqulodda tibbiy yordam uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bundan tashqari, kerakli dori vositasini tanlash uchun muammoning sababini bilish muhimdir.

Masalan, erektil disfunktsiya asosida gormonal buzilishlar yotsa, davolash gormonlarni me’yorlashtirishga yo’naltirilishi kerak. Agar muammo tomirlarning aterosklerozi tufayli yuzaga kelsa, unda hech bo’lmaganda jinsiy aloqa vaqtida ularning kengayishiga qaratilgan choralar qo’llash kerak.

  • Bir qator vositalar, jumladan BFQlar — ko’p oylar davomida qabul qilib borilishi kerak, ular potentsiyaga bevosita ta’sir qilmaydi, balki uning qaytishiga ko’maklashadi.
  • Sildenafil yoki tadalafil asosli boshqa preparatlar, shuningdek, ko’p miqdorda in’yektsiya va malhalmar erektil disfunktsiyaning qon tomirlar bilan bog’liq sabablariga ta’sir qiladi va uni qisqa muddatga tiklashga mo’ljallangan.

Vakuum ta’siri

Har bir insonga tibbiy banka qo’yish amaliyoti tanish, bu muolaja qo’llash sohasiga qon kelishini kuchaytiradi. Olat funktsiyasini qisqa muddatga tiklash uchun mo’ljallangan ko’plab qurilmalar aynan shu tarzda ishlaydi.

Vakuum terapiya potentsiya pasayishida bemorning har bir jinsiy aloqadan oldin mustaqil ravishda amalga oshiradigan bir muddatli yoki doimiy fizioterapevtik muolaja sanaladi. Maxsus qurilma jinsiy olat atrofida manfiy bosim hosil qiladi, natijada bu sohaga qon kelishi kuchayib, erektsiya sodir bo’ladi. Ushbu yondashuv muammoni uzoq muddatga hal qilmaydi, u dori-darmonlarga sezuvchanligi bo’lmagan ba’zi bemorlarga yordam berishi mumkin.

Zarb-to’lqinli terapiya

Akustik to’lqinlarning tirik to’qimalarda regenerativ jarayonlarni rag’batlantirish qobiliyatiga asoslangan urologiya sohasida innovatsion yondashuv. ZTT seanslari olat sohasida yangi qon tomirlarni shakllantirishga yordam beradi. Buning natijasida hatto periferik qon ta’minoti muammolari mavjud bo’lganda ham (ko’pincha yurak kasalliklari va qandli diabetdan aziyat chekadigan bemorlarda kuzatiladi) potentsiya bir necha hafta ichida tiklanadi.

Usul deyarli hech qanday qarshi ko’rsatmalarga ega emas va turli yoshdagi bemorlarda qo’shimcha dori vositalarisiz uzoq muddatli natijaga erishish imkonini beradi.

 

Jinsiy quvvatning pasayishi, albatta, erkak uchun stressdir. Biroq, bu holatni fojiali deb hisoblab bo’lmaydi: shifokorlar fikriga ko’ra, bunday muammoning tuzatib bo’lmaydigan shakllari deyarli uchramaydi. Erektil disfunktsiya belgilari kuzatilsa, shifokorga tashrifini ortga surmaslik tavsiya etiladi. Davolash qanchalik tez boshlansa, jinsiy hayot quvonchi shunchalik ertaroq qaytadi.

Jami baholar / 5. Ovozlar soni:

Reklama

Yuklanmoqda...

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.