Homila jinsini rejalashtirish — xalqona tavsiyalar, zamonaviy usullar, parhez

Homila jinsini rejalashtirish uchun tabiiy va klinik usullar mavjud, biroq birinchilariga shifokorlar ishonishmaydi, ikkinchisi esa juda kamdan-kam hollarda qo’llaniladi, hatto tibbiyot hamjamiyati tomonidan etikaga zid deb hisoblanadi.

Homila jinsini rejalashtirish usullari

Homilaning qay jinsda bo’lishi erkak kishiga, aniqrog‘i, tuxum hujayrani aynan qay turdagi spermatozoid urug‘lantirishiga bog‘liq. Ayol tuxum hujayrasida jins uchun javob beruvchi xromosoma doim bitta — X xromosoma bo‘ladi. Erkak spermatozoidi esa X yoki Y xromosomaga ega bo‘lishi mumkin. Agar tuxum hujayra X xromosomali spermatozoid bilan urug‘lantirilsa, qiz, Y xromosomali spermatozoid bilan urug‘lantirilsa, o‘g‘il dunyoga keladi.

Demak, jins 100% homilador bo‘lish vaqtidagi vaziyat zayliga bog‘liq deyish mumkin. Zarur vaqtda kerakli xromosomaga “to‘g‘ri kelish” uchun nima qilish kerak, quyida batafsil.

Homila jinsini rejalashtirishning tabiiy usullari

Homilaning jinsiga ta’sir qilishning tabiiy usullari dalilli tibbiyotga bevosita aloqasi bo’lmagan usullardir: bular xalqona uslublar bo’lib, ular huddiki vaqt sinovidan (ammo ilmiy ishlar sinovidan emas) o’tgan barcha turdagi udumlar, xalqona vositalarni o’z ichiga oladi.

Parhez

Uslub mualliflarining aytishicha, agar ota-ona kutilayotgan urug’lantirishdan ikki-uch oy oldin ma’lum bir mahsulotlar iste’mol qilishsa, gormonal tizimga va shunga mos ravishda jinsiy hujayralarning «o’zini tutishiga» ta’sir qilishlari mumkin.

  • O’g’il farzand istagida bo’lganlar go’sht, baliq, kolbasa, manna bo’tqasi, loviya, shaftoli iste’mol qilishlari kerak.
  • Qiz farzandli bo’lish uchun ratsionga bargli salat, piyoz, pomidor, baqlajon, shakar, asal, bodom, funduk, choy va qahvani kiritish lozim.

Nazariya mualliflarining aytishicha, uning samaradorligi 80 foizni tashkil etadi, ammo buning ilmiy tasdig’i mavjud emas.

Shettlz usuli

Bu 1960-yillarda doktor Landrum Shettlz tomonidan ishlab chiqilgan bir qator qoidalarni o’z ichiga oladi. Kompleksni tibbiy ma’lumotli shaxs ixtiro qilgan bo’lsada, aslida uning mohiyati homila jinsini rejalashtirish uchun xalqona tavsiyalaran ko’p ham farq qilmaydi. Unga ko’ra, qiz farzandga ko’rmoqchi bo’lgan juftlik ovulyatsiyadan 2-4 kun oldin jinsiy aloqada bo’lishlari lozim, o’g’il farzand istaganlar esa bevosita ovulyatsiya kunida.

Sxemaning ishlash tamoyili spermatozoidlaraning harakat tezligi va harakatchanligiga bog’liq. Qiz homila xromosomalarini tashuvchi spermatozoidlar sekin harakatlanadi, ammo yashovchanroq deb hisoblanadi, o’g’il homila xromosomalarini tashuvchi spermatozoidlar esa aksincha.

Yapon va xitoy kalendari

Yapon taqvimidan foydalanish bir vaqtning o’zida oson va biroz chalg’itadigan ish. Buning uchun birinchi jadvalda bo’yiga onaning, eniga esa — otaning tug’ilgan oyi keltirilgan. Undan ota-ona tug‘ilgan oylarning o‘zaro kesishmasi aniqlab olinadi.

Ikkinchi jadvalda birinchi jadvalda topilgan raqamga mos keladigan ustun aniqlanadi. Ustunda oylar ketma-ketligi berilgan. Oylar qatorida berilgan o’g’il yoki qiz ustunida x lar soni qanchalik ko’p bo’lsa, o’sha oy mazkur jinsdagi farzandni urug’lantirish uchun eng maqbuli deb hisoblanadi.

Usulning hisob-kitobi ko’pligi tufayi, quyidagi maydonlardan keraklisini tanlab, «aniqlash» tugmasini bosing. Shunda barcha kerakli ustun va qatorlar alohida belgilab beriladi. Qurilmangiz ekrani kichik bo’lsa, jadvalni o’ngga-chapga siljitib, to’liq ko’rishingiz mumkin.

Ota-ona tug’ilgan oyni tanlang

Birinchi jadval:

Onaning tug’ilgan oyi Otaning tug’ilgan oyi
yan fev mar apr may iyun iyul avg sen okt noy dek
yan 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
fev 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
mar 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
apr 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
may 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
iyun 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
iyul 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
avg 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
sen 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
okt 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
noy 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
dek 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12

Ikkinchi jadval:

1 2 3 4 5 6 o’g’il qiz 7 8 9 10 11 12
yan x x
yan fev xxxxxx x
yan fev mar x xx
yan fev mar apr x x
yan fev mar apr may xx x
yan fev mar apr may iyun x x
fev mar apr may iyun iyul x xx
mar apr may iyun iyul avg x xxx yan
apr may iyun iyul avg sen x xx yan fev
may iyun iyul avg sen okt xxxxxxxxxx x yan fev mar
iyun iyul avg sen okt noy x x yan fev mar apr
iyul avg sen okt noy dek x x yan fev mar apr may
avg sen okt noy dek x x yan fev mar apr may iyun
sen okt noy dek xxxxx x fev mar apr may iyun iyul
okt noy dek x xxxxxxxxx mar apr may iyun iyul avg
noy dek xxxx x apr may iyun iyul avg sen
dek xxx x may iyun iyul avg sen okt
x x iyun iyul avg sen okt noy
x x iyul avg sen okt noy dek
x xx avg sen okt noy dek
x x sen okt noy dek
xxxxxxxx x okt noy dek
xxxxx noy dek
xx dek

Xitoy kalendari (va bir qator boshqa usullar) homila jinsini aniqlash sahifasida keltirilgan.

Qon guruhi va rezus-omil

Zamonaviy shifokorlarning aytishicha, bunday usullar bilan homila jinsini oldindan rejalashtirishning ishonchli yo’li yo’q: qiz yoki o’g’il ko’rish istagida bajariladigan aksariyat uslublarning dalilli tibbiyotda hech qanday isbotini topmagan.

Ota-onalarnig o’g’il yoki qiz farzandli homiladorlikka erishishlarining imkoniyati 50/50 hisoblanadi. Ma’lum bir jinsdagi bolani xohlashlari sababidan qat’iy nazar, ko’p hollarda ular farzand jinsini rejalashtirishning 100% kafolat bermaydigan usuliga tayanishadi va natijada umidsizlikka duch kelishadi.

Qon guruhi Otaning
Onaning I II III IV
I Qiz O’g’il Qiz O’g’il
II O’g’il Qiz O’g’il Qiz
III Qiz O’g’il O’g’il O’g’il
iV O’g’il Qiz O’g’il O’g’il
Rezus-omil Otaning
Onaning +
Qiz O’g’il
+ O’g’il Qiz

Farzand jinsini rejalashtirish: Klinik yondashuv

Zamonaviy tibbiyotda bola jinsini rejalashtirishning bir nechta klinik usullari mavjud, ular tabiiy usullardan farqli o’laroq, yakuniy natijaga (minimal bo’lsa ham) ta’sir o’tkazishga imkon beradi.

Jinsni preimplantatsion tashxislash (JPT) bilan ekstrakorporal urug’lantirish eng ishonchli usullardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, JPT eng qimmatli ham sanaladi, chunki texnika nomidan ma’lum bo’lganidek, bu EKU muolajasini ham o’z ichiga oladi.

Sun’iy urug’lantirish majburiy tibbiy sug’urta bo’yicha amalga oshirilishi mumkin (ayrim holatlarda), lekin homilaning jinsini aniqlash muolajasiga alohida pul to’lanadi. Muolaja sun’iy urug’lantirish bilan shug’ullanadigan deyarli barcha klinikalarda amalga oshiriladi.

Spermatozoidlarni ajratish

AQShda ixtiro qilingan ushbu usul tibbiy xizmatlar bozoriga MicroSoft savdo belgisi ostida kirdi. Bu spermatozoidlarni X-xromosomalar bilan ajratib olish va faqatgina rejalashtirilgan jinsdagi bolani urug’antirishga javob beradigan spermatozoud turini tanlashga imkon beradi. Saralangan spermatozoidlar bachadonga in’yektsiya yo’li bilan kiritiladi (ICSI).

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, uslubning ishonchliligi o’g’il jinsli farzand uchun 70 foizni va qiz jinsli farzand uchun 90 foizni tashkil etadi. O’zbekistonda bu muolaja keng tarqalgan emas, lekin Meksika, Shveytsariya va Kiprda sertifikatga ega klinikalarda o’tkaziladi.

Embrion jinsini erta aniqlash

Bu xorion kiprikchalari biopsiyasi orqali amalga oshiriladi. Usul bolaga nasl orqali genetik kasalliklar o’tishi xavfi bo’lganda qo’llaniladi. Boshqa hollarda rasman qo’llanilmaydi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti boshchiligida shifokorlar uyushmasi tomonidan etika nuqati nazaridan noto’g’ri sanaladi, chunki u istalmagan jinsli homilani abort qilishni o’z ichiga oladi.

Jami baholar 4.2 / 5. Ovozlar soni: 23

Reklama

4 ta izoh qoldirilgan

  1. Mening fikrimga ko’ra, tabiat qonunlariga aralashmaslik kerak. Aks holda hayotni davom ettirish uchun kerak bo’lgan erkak va ayollar nisbatini o’zgartirib yuborish mumkin. Aslini olganda, farzand dunyoga kelganidan keyin, u o’g’il bo’ladimi yoki qiz, unga ota-onaning shunday mehri tushadiki, hech qanday umidsizlik sezilmaydi. Hatto zabardast o’g’ilni xohlagan otalarda ham. Albatta bundan oldin bir nechta ma’lum bir jinsli farzand dunyoga kelgan bo’lsa, rejalashtirish haqida o’ylab ko’rish mumkin. Maqola uchun rahmat!

  2. Menga bu sayt juda yoqdi. Uzimni qiziqtirgan barcha savollarga javob topa oldim. Sayt tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirib omad tilayman

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.