Homiladorlikda jinsiy aloqa — muddatiga ko’ra qarshi ko’rsatmalar, tavsiyalar

Homiladorlikda jinsiy aloqa o’ziga xos xususiyatlarga ega, chunki bu davrda ayol juda sezgir bo’ladi, uning kayfiyati va xohishlarida esa tez-tez o’zgarishlar ro’y berishi mumkin. Bularning barchasi homiladorlik paytida organizmda yuzaga keladigan kuchli gormonal o’zgarishlar bilan bog’liq. Albatta, barchasi individualdir: ba’zi ayollarda jinsiy istak kuchaysa, boshqalarida umuman yo’q bo’lib ketishi mumkin.

Homiladorlikda jinsiy aloqa

Homiladorlik davrida jinsiy aloqa

Ko’pincha ayollar hissiy ko’tarilishni boshdan kechiradi, ammo ertalabki ko’ngil aynishi his-tuyg’ular bilan to’liq lazzatlanishga xalaqit beradi, qolaversa bo’lajak farzandning salomatligi haqida tashvishli fikrlar paydo bo’ladi. Statistikaga ko’ra, homilador ayollarning 45 foizi shunday hayollarni boshdan kechirishadi. Bo’lajak onalarning 25 foizida jinsiy istak sezilarli darajada kamayadi, ammo 20 foizida u aksincha kuchayadi.

Asosiysi, bu paytda ayol organizmida qanday jarayonlar ketayotganini va uning libidoga ta’sirini tushunish kerak.

12-haftagacha bo’lgan davr

Homiladorlikning boshida ayolning kayfiyati qarama-qarshiliklarga boy bo’lishi mumkin, uning xohish-istaklarini tushunish qiyin. Bundan tashqari, birinchi trimestrda homilador ayollar tez-tez charchoq va uyquchanlikni his qilishadi, bu paytda jinsiy aloqa hayolga kelmaydi. Ushbu holat hissiy va jismoniy o’zgarishlar tufayli yuzaga keladi.

Bir tomondan, gormonal o’zgarishlar tufayli ko’krak shishadi va juda sezgir bo’lib qoladi. Boshqa tomondan, qin mikroflorasi o’zgaradi, natijada jinsiy aloqa paytida yaxshi sirpanishni ta’minlaydigan maxsus suyuqlik ajralishi kamayadi.

13-dan 24-haftagacha

Ikkinchi trimestrda gormonal o’zgarishlar davom etadi va ular ayol jinsiy a’zolari qon ta’minotining kuchayishiga olib keladi. Ta’sirchanlik kuchayadi, shuning uchun yaqinlik zavqi bir necha bor ortadi. Homila o’lchami hali juda kichik va juftliklar unga zarar yetkazishdan tashvishlanmasa ham bo’ladi, deyarli har qanday pozani tanlash mumkin.

25-dan 40-haftagacha

Uchinchi trimestrda qulay holatni tanlashda ko’proq sabrli bo’lish kerak, chunki homilador ayolning qorni deyarli har kuni kattalashadi. Uyqu uchun doimiy ravishda qulay holat izlashga to’g’ri kelganda, jinsiy aloqani aytmasa ham bo’ladi.

Shuning uchun, ba’zi ayollar intim munosabatlar haqida unutishadi, garchi yaqinlikni uch barobar zavq xohlaydigan ishtiyoqmandlar ham yo’q emas. Ko’pchilik uchun rag’batlantiruvchi omil — bu himoya haqida o’ylash zarur emasligi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, homiladorlikning oxirgi bosqichlarida jinsiy aloqa kutilayotgan tug’ruq jarayonini osonlashtirishi mumkin.

Gap shundaki, urug’ suyuqligi bachadon bo’ynini yumshatadigan va shu bilan jinsiy a’zolarni tug’ruq jarayoniga tayyorlaydigan prostaglandin saqlaydi. Ilgari, bu modda tug’ruqni rag’batlantiradi yoki uning muddatidan oldin boshlanishiga yordam beradi deb ishonilgan. Ammo ko’plab tadqiqotlar bu da’voni rad etdi.

Qarshi ko’rsatmalar

4, 8 va 12 haftalar homiladorlik uchun eng hatarli deb hisoblanadi, shuning uchun bu vaqtda jinsiy aloqada bo’lmaslik tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, agar ayol ilgari spontan abort (homila tushishi), muddatidan oldin tug’ruqlar, bachadon tonusi oshishi, bachadondan qon ketishi yoki homilaning ko’ndalang yotishi, shuningdek, bachadon bo’ynining zich yopilmasligi bilan to’qnash kelgan bo’lsa, homiladorlik paytida yaqinlik qilmaslik to’g’ri tanlov bo’ladi. Shuningdek bo’lajak ona ikki yoki undan ortiq egizaklar kutayotgan bo’lsa, bu ham qarshi ko’rsatma sanaladi.

Juftliklarning birida jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar mavjudligi ham yaqinlikdan saqlanish uchun jiddiy sabab sanaladi.

Tavsiyalar

Ammo, agar homiladorlikni kuzatib boruvchi shifokor jinsiy aloqani taqiqlamagan bo’lsa, unda hech qanday muammo yo’q. Albatta, bu vaqtda erkak ayolning hissiy va jismoniy holatini hisobga olishi lozim. Ko’pincha bu vaqtda erkak uchun uning jufti ayniqsa chiroyli bo’lib qoladi, biroq ba’zida aks holat kuzatilib, uning ko’zlarida ayoli jozibadorlikni yo’qotishi ham mumkin.

Bir-bir bilan gaplashish, nafaqat jinsiy aloqada, balki quchoqlash, teginish, siypalashdan ham iborat bo’lgan jismoniy yaqinlikni yo’qotmaslikka harakat qilish tavsiya etiladi. Juftliklar bolaga zarar yetkazishdan qo’rqmasliklari lozim, chunki u yopiq bachadon bo’yni va bachadon bo’ynini qoplaydigan zich shilliq qavat, shuningdek amniotik suyuqlik bilan himoyalangan bo’ladi.

Jami baholar 4.2 / 5. Ovozlar soni: 24

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.