Tez homilador bo’lish — usullari, tavsiyalar, parhez va zamonaviy vositalar

Homiladorlik faqatgina ovulyatsiya paytida jinsiy aloqa qilinganda yuz berishi mumkin. Biroq, ovulyatsiyaning to’g’ri vaqti va sifatli erkak urug’i — bu barcha kerakli sharoit va kafolat degani emas. Bulardan tashqari e’tiborga olinishi kerak bo’lgan nozik jihatlar ham mavjud. Xo’sh, qanday qilib homilador bo’lish mumkin?Qanday qilib homilador bo'lish mumkin

Urug’lantirish sodir bo’lmasligi sabablari

  • Stress — urug’lantirish ehtimolini pasaytiradigan yetakchi sabablaridan biridir. Tez homilador bo’lish uchun bo’shashishni o’rganish kerak bo’ladi: autotrening qo’llash, aromaterapiya, massaj va aromatik vannalar qabul qilish, shuningdek tinchlantiruvchi o’tlar yordamiga murojaat qilish mumkin.
  • Zararli odatlar — sigaret chekadigan ayollarda muvaffaqqiyatli urug’lantirish ehtimoli kamroq bo’ladi. Chekadigan erkaklar urug’ suyuqligida esa spermatozoidlar miqdori ham, ularning harakatchanligi ham past bo’ladi. Urug’lantirishga kofeinni suiste’mol qilish, alkogolli ichimliklar ichish ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Ayollarda

  • Tuxumdonlar faoliyati buzilishi;
  • Endometrioz;
  • Nayli-peritoneal bepushtlik;
  • Bachadonda polip va bitishishlar mavjudligi;
  • Bachadon bo’yni o’tkazuvchanligi buzilishi.

Ba’zan kasalliklar kombinatsiyasi kuzatiladi. Ular bilan kurashish uchun gormonal terapiya, jarrohlik aralashuvi, ekstrakorporal urug’lantirish usullari qo’llaniladi. Ushbu usullar juda samarali bo’lib, aksariyat hollarda yordam beradi.

Erkaklarda

  • Varikotsele;
  • Gormonal buzilishlar;
  • Jinsiy a’zolarning tug’ma xususiyatlari;
  • Infektsiyalar asorati.

Ilgari muammoni hal etish uchun jarrohlik amaliyoti, gormonlar, antibiotiklar qabul qilish va ekstrakorporal urug’lantirish bilan cheklanilar edi. Bugungi kunda mutaxassislar nuqsonli spermatozoidlar orasidan bitta mos keladiganini ajratib olib, uning yordamida tuxum hujayrani urug’lantirish usulini qo’llashmoqda. Bunday yondashuv muvaffaqqiyat ehtimolini bir necha barobarga oshiradi.

Homilador bo’lish uchun tavsiyalar

Menstrual siklning homilador bo’lishi ehtimolligi eng yuqori bo’lgan vaqt oralig’i fertil davr deb nomlanadi. U 6 kun davom etadi: ovulyatsiyadan 5 kun oldin va undan 1 kun keyin. Urug’lantirish uchun eng optimal davr: ovulyatsiyadan ikki kun oldin va ovulyatsiya kunining o’zidayoq. Ovulyatsiya kunini to’g’ri hisoblab chiqib va ungacha 1-2 kun jinsiy aloqa qilishdan saqlanib turib, homiladorlikka erishish ehtimolini bir necha marta oshirish mumkin.

Biroq birinchi urinishdayoq natijalar kuzatilmasa, umidsizlikka tushmaslik kerak. Stress, kasalliklar, gormonal buzilishlar oqibatida ovulyatsiya kutilgan kundan oldin yoki keyin sodir bo’lishi, ba’zan esa sikl davomida umuman sodir bo’lmay qolishi ham mumkin.

Ovqatlanish tartibi

Tezda homilador bo’lish uchun ayol organizmi yetarli miqdorda vitamin E qabul qilishi lozim. Shu sababli taomnomaga ko’proq ko’katlar, sabzavotlar, bo’tqalar, non, shuningdek foliy kislotasiga boy bo’lgan o’simlik va zaytun yog’ini kiritish lozim. Bunday moddalar har ikki tomonning reproduktiv tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ayollarda tuxumdonlarning yaxshiroq ishlashiga yordam beradi.

  • Anovulyatsiya kuzatiladigan ayollarga har kuni dukkaklilar va yong’oqlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.
  • Erkaklarga baliq, yong’oq va go’shtni e’tiborsiz qoldirmaslik ko’rsatiladi. Ushbu mahsulotlar spermatozoidalarning harakatchanligi va faolligini oshirishga yordamlashadi.

Taomnomadan shirinliklar, un mahsulotlari, shuningdek, tarkibida bo’yoqlar, turli konservatntlar, qo’shimchalar va kantserogenlar saqlagan mahsulotlari chiqarib tashlash joiz.

Xitoy tibbiyoti maslahat beradi:

Ayol nordon mahsulotlar o’rniga ko’proq ishqorli taomlardan iste’mol qilish kerak. Buning natijasida tanada homiladorlik boshlanishi uchun zarur kislota-ishqoriy muvozanat hosil bo’ladi. Ishqoriy oziq-ovqatlarga mansub mahsulotlar: sitruslardan tashqari barcha mevalar, ko’katlar, sabzavot va o’tlar (masalan, valeriana ildizi). Sut, go’sht va donlar — kislotali muhitni yaratishga qodir bo’lgan mahsulotlar bo’lib, ularning iste’molini vaqtincha cheklash tavsiya etiladi.

Vaznni me’yorga keltirish

Juda ozg’in yoki aksincha, juda semiz ayollar homilador bo’lish bilan bog’liq muammolarga duch kelishlari mumkin. Tana vazni haqida erkaklar ham o’ylab ko’rishlari kerak: u me’yordan chetlashganida organizmda urug’ suyuqligi kamroq ishlab chiqariladi.

Dorilarni cheklash

Ba’zi bir dori vositalar qabulini cheklash kerak, xususan antibiotiklar, antigistaminlar va analgetiklar (og’riq qoldiruvchilar). Ular tuxum hujayraning yetilishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Jinsiy aloqa paytida lubrikantlardan foydalanmaslik kerak, ular spermatozoidlarni nobud qiladi.

Jinsiy aloqalar soni va vaqti

Fertil davrda kunora jinsiy munosabatlarda bo’lgan juftliklarning homilador bo’lish ko’rsatkichi (22%) har kuni jinsiy munosabatlarda bo’lgan juftliklar ko’rsatkichi (25%) bilan deyarli bir xil. Ammo haftada bir marta jinsiy aloqada bo’lgan juftliklarda ko’rsatkich 10% ga teng. Oxirgi holda juftliklar shunchaki asosiy va muhim lahzani o’tkazib yuborishlari mumkin.

Urug’lantirish muvaffaqiyatli bo’lishi uchun maqbul ritm haftada to’rt marta va undan ko’proq jinsiy aloqa qilishdir. Yaqinlik bo’lmagan holatda esa, taxminan 5-6 kundan boshlab uug’lantirish muvaffaqqiyatli bo’lishi ehtimoli pasaya boradi. Munosabatlar uchun optimal grafik: fertil davrgacha har kuni, menstrual sikl o’rtalarida esa kunora jinsiy aloqada bo’lish.

Agar jinsiy aloqa xatosiz ovulyatsiya kuniga to’g’ri kelishini istasangiz, hayz siklning 10 va 18 kunlari (bunda ovulyatsiyaning 1-kun imenstruatsiyaning 1-kunidan boshlab hisoblanadi) oralig’ida har ikki kunda bir marta jinsiy aloqa qilish kerak.

Qulay poza

Maxsus xivchini bo’lgan spermatozoidlar juda tez harakatlanishga qodir va yo’li davomida bir qator to’siqlarni bartaraf qilib o’tadi. Shu sababli urug’lantirish har qanday holatda ham amalga oshadi. Yaqinlik qay holatda amalga oshirilganligi urug’lantirish ehtimoliga juda minimal darajada ta’sir o’tkazadi. Shunga qaramay, ayol gorizontal joylashadigan pozalar samarali deb hisoblanadi.

Xalqona vositalar

Bepushtlikka qarshi yordam beradigan bir nechta xalq tabobati usullari mavjud. Yaxshi vositalar qatorida, masalan, tuxumdonlar va bachadon faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan va homilador bo’lishga hissa qo’shadigan sporish o’tidir. Bepushtlikka qarshi kurashda mavrak va bir yonli ortiliya (borovaya matka) ham samarali vosita hisoblanadi.

Bir narsani inobatga olish darkor: bepushtlik sabablari hammada turlicha bo’lishi mumkin. Shuning uchun uy sharoitida xalqona vositalarni nazoratsiz qabul qilish onaning holatini yanada yomonlashtirishi mumkin. Masalan mavrak bepushtlikni faqat estrogen yetishmasligi qayd qilingan bo’lsa samarali davolaydi. Boshqa tashxislarda esa homilador bo’lish ehtimolligini sezilarli darajada pasaytirib yuborishi mumkin.

Zamonaviy muolajalar

Yuqorida aytilgan usullarning aksariyati uy sharoitida amalga oshiriladi. Biroq ba’zan faqat tibbiyot yordam berishi mumkin. Bunda ultratovush usuli nazoratida laparaskop yordamida yetilgan tuxum hujayra follikulyar suyuqlik bilan birga shpirtsga so’rib olish orqali follikuldan ajratib olinadi. Keyin u (tuxum hujayra) maxsus oziqa muhitiga joylashtiriladi va unga erkak spermatozoidlari kiritiladi.

Urug’lantirish jarayoni mikroskop ostida nazorat qilinadi va agar muvaffaqiyatli bo’lsa, maxsus inkubator — termostatda saqlanadi. Tuxum hujayra muayyan yetuklikka yetganida, u implantatsiya bo’lishi va keyingi o’sishi va rivojlanishi uchun bachadonga qaytariladi.

Homiladorlik boshlanmasa

Yodda tuting, og’zaki kontratseptivlarni qabul qilishni tugatgach, kamida bir oy o’tishi kerak. Depo-Provera kabi preparat qabul qilinsa, normal ovulyatsiya tiklanishi uchun 1-1,5 yil vaqt zarur bo’lishi mumkin. 30 yoshgacha bo’lgan ayollar uchun shifokorlar bir yil ichida homilador bo’la olmagan taqdirda, juda ko’p tashvishlanmaslikni tavsiya etadilar.

Ayolning yoshi o’tgani sayin, homilador bo’lish murakkablashish boradi boradi. Bunday hollarda shifokor bilan maslahatlashishni ortga surmaslik kerak.

Mutaxassislar homiladorlik sodir bo’lmaganda quyidagi sxemaga rioya qilishni maslahat berishadi:

Urug’lantirish sodir bo’lmagan hollarda tibbiy ko’rikdan o’tish kerakligi muddati
Yosh guruhi Shifokorga murojaat qilish muddati
30-35 yosh 6-9 oydan so’ng
35-40 yosh 6 oydan so’ng
40 yoshdan keyin 3 oydan so’ng

Abortdan keyin

Ayollar birinchi navbatda yodda tutishlari kerak: abort kuni (ham tabiiy, ham tibbiy) yangi menstrual siklning birinchi kuni deb hisoblanishi zarur. Shundan kelib chiqib, ayol fiziologiyasiga ko’ra, agar ovulyatsiya yuz bersa, abortdan keyin 2 hafta o’tgach yana homiladorlikka erishish imkoniyati mavjud.

Homila tushishi yoki abortdan so’ng homilador bo’lishga shoshilmaslik kerak, hatto siz bu farzandni intiqlik bilan kutayotgan bo’lsangiz ham. Ayol organizmi boshdan kechirilgan stress va gormonal o’zgarishladan so’ng to’liq tiklanishiga vaqt talab etiladi.

Shifokorlar abortdan keyin kamida 3 oy jinsiy aloqada himoyalanishni tavsiya qiladi. Sababi yangi homiladorlik yuqori ehtimollik bilan yana ayanchli tugashi mumkin.

Homila tushishidan keyin

Agar ayol salomatligi bilan jiddiy muammolar mavjud bo’lmasa, homila tushishidan keyin qayta homilador bo’lish imkoni mavjud. Hammasi shundaki, homila tushishi holatlarining aksariyati onaning yomon sog’lig’i tufayli emas, balki embrionning xromosoma patologiyalari natijasida sodir bo’ladi. Bu holda ham 3-4 oylik tanaffus zaruriydir.

Tug’ruqdan keyin

Ayol fiziologiyasi shunday tuzilganki, tug’ruqdan keyin ikki hafta o’tgach yana homilador bo’lishga qodir bo’ladi. Ammo zamonaviy tibbiyot farzandlar o’rtasida ikki yillik vaqti oralig’ini saqlashni tavsiya qiladi. Bu organizmni tiklanishi va dam olishiga imkon beradi.

Muayyan sabablarga ko’ra zarurat mavjudligida, avvalgi homiladorlik va tug’ruqlar muammolarsiz o’tgan bo’lsa, bir yildan so’ng keyingi farzandni rejalashtirish mumkin.

Spiraldan keyin

Spiral olib tashlangandan so’ng, bachadon ichki qatlamini tiklanishi uchun kamida bitta menstrual sikl o’tishi joiz, bu vaqtni esa homiladorlikka tayyorgarlik ko’rish uchun unumli o’tkazish kerak. Shifokorlar bachadon ichi spirali olib tashlanganidan keyin ham darhol homilador bo’lishni maslahat bermaydi. Organizm tiklanib olishi uchun 3-6 oy kutish lozim.

Jami baholar 4.1 / 5. Ovozlar soni: 50

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.