Lab yorilishi — sabablari, davolash usullari, samarali vositalar

Lab yorilishi noxush hodisa. Kosmetik muammolarga qo’shimcha ravishda bu holat og’riq ham chaqiradi. Hatto kichik jarohat ham yallig’lanish va diskomfortga olib kelishi mumkin. Nima uchun labda yoriqlar paydo bo’ladi va ulardan qutulishga nima yordam beradi, quyida batafsil.

Lab yorilishi

Lab yorilishi sabablari

Lablar yorilishining asosiy sabablari:

  1. Ob-havo sharoiti va xona mikroiqlimi tufayli teri quruqligi. Agar lablar havo namligining yetishmasligi tufayli yoriladigan bo’lsa, labga teridagi namlikni haddan tashqari bug’lanib ketishini oldini oluvchi himoya vositalari surtish kerak.
  2. Allergiya. Yoriqlar gigiena va kosmetika vositalariga allergik reaktsiyaning ifodasi bo’lishi mumkin. Bu holat antigistaminlar qabul qilish va qo’zg’atuvchi ta’sirini cheklash orqali tuzatiladi.
  3. Lablarni tishlash yoki yalash odati. Bu zararli odat aksariyat hollarda ucharydigan sababchi sanaladi. Lablarni yalash namlikning jadal bug’lanishiga olib keladi, natijada teri quriydi va yorila boshlaydi.
  4. Mexanik shikastlanish. Ruchka yoki qalamni tishlash kabi odatlar mexanik shikastlanishga olib kelishi mumkin.
  5. Boshqa kasalliklar. Masalan, gerpes, kandidoz. Agar bakterial infektsiyalar mavjudligiga shubha bo’lsa, unda malakali mutaxassislarga murojaat qilish va tashxisni aniqlashtirish talab etiladi.
  6. A vitaminining yetishmasligi yoki ortiqcha bo’lishi. Organizmda uning miqdori lablar terisining salomatligi uchun javobgardir.

Davolash

Lab yorilishini davolashda jarohatlarning tuzalishini tezlashtirishga, lablarning nozik terisini oziqlantirishga, himoya qatlamini shakllantirishga va namlikni tiklashga yordam beradigan vositalar qo’llaniladi.

Ruxli malham

Asosiy faol modda rux oksidi. Kuniga 2-5 marta surtiladi. Muolaja to’liq tiklanishgacha amalga oshiriladi. Yarani davolovchi, yallig’lanishga qarshi, qurituvchi va antiseptik ta’sirga ega. U jarohat yuzasida himoya qatlamini hosil qiladi va terining yallig’lanishini oldini oladi.

Nojo’ya ta’siri: kamdan-kam hollarda allergik reaktsiyaga olib kelishi mumkin. Yoriqda yiringli substantsiyalar bo’lsa, rux malhamidan foydalanish qarshi ko’rsatiladi.

Sintomitsin malhami

Asosiy faol modda levometsitindir. Shisha idish yoki alyuminiyli tyubiklarda chiqariladi. Antibiotiklarga oid va kuchli yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega. Bakteriyalarning ko’payishini oldini oladi va ularni nobud qiladi. Malham novokain saqlaydi, shuning uchun biroz og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega. Mahalliy qo’llaniladi, tozalangan va quruq teriga surtiladi.

Kamchiliklari: Ushbu malham juda ko’p qarshi ko’rsatmalarga ega. Qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Solkoseril pastasi

Asosiy faol modda — bu yirik qoramol qonidan olingan dializat. U og’iz bo’shlig’i, tish kasalliklari va terining shikastlanishlarini davolashda keng qo’llaniladi. Kuniga bir necha marta surtiladi va ustidan suv bilan ozgina namlanadi. Ushbu malham almashinuvini faollashtiradi, to’qimalarning yangilanishini rag’batlantiradi, metabolizmni yaxshilaydi. Tarkibida mahalliy og’riqsizlantiruvchi ta’sirga ega polidokanol saqlaydi. Jarohatga mikroblar tushishiga to’sqinlik qiladigan va tashqi ta’sirlardan himoyalaydigan qobiq hosil qiladi.

Bepanten

Faol modda — Dekspantenol. Namlantiruvchi va teri regeneratsiyasini kuchaytiruvchi ta’siriga ega. Hujayralarda metabolizmni normallashtiradi. Biroz yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega. Analoglari: D-Pantenol, Korneregel, Pantoderm.

Boro plus kremi

Asosiy faol moddalar dorivor o’simlik va o’simliklarning ekstraktlari. Tarkibi: sandal daraxti, zanjabil, kurkuma, aloe. Samarali antiseptik vosita sanaladi. Yiringlashni oldini oladi, terining jarohatlari tuzalishini tezlashtiradi. Qichishish va qizarishni kamaytiradi. Lab yorilishi kuzatilganda davolash, shuningdek profilaktik maqsadlarda ishlatiladi.

Afzalliklari: arzon vosita. U nafaqat dorixonalarda, balki kosmetika do’konlarida ham sotiladi.

Kamchiliklari: o’simlik ekstraktining ko’p komponentli tarkibi ko’pincha allergiyaga olib keladi.

Chakanda yog’i

Tabiiy o’simlik asosli preparat. Yallig’lanishga qarshi, namlantiruvchi, yaralarni davolovchi ta’sirga ega. U davolash uchun ham, yoriqlarning oldini olish uchun ham ishlatilishi mumkin. Terini foydali moddalar bilan oziqlantiradi, uni elastik va jarohatlarga chidamli qiladi.

Afzalliklari: arzon narx, keng tarqalgan, xavfsiz, kompleks ta’sirga ega. Tashqi foydalanishda qarshi ko’rsatmalari yo’q. Faqat individual intolerantlik kuzatilishi mumkin.

Kamchiliklari: aniqlanmagan.

Aevit

Retinol va E vitaminidan iborat vitamin aralashmasi. Blisterlarga joylashtirilgan moyli kapsulalar shaklida chiqariladi. Teri quruqligini bartaraf qilish, uni oziqlantirish va tashqi qo’zg’atuvchi omillardan himoya qilish uchun ishlatiladi. Zararlangan to’qimalarda qon aylanishini tiklaydi. Ichki va tashqi qo’llanilishi mumkin. Lab yorilishiga qarshi qo’llaganda kapsula teshilib, uning tarkibi teriga surtiladi.

Afzalliklari: samarali vosita, arzon.

Kamchiliklari: allergik reaktsiyaga olib kelishi mumkin.

Jami baholar 4.7 / 5. Ovozlar soni: 6

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.