Ovulyatsiya — tavsifi, boshlanishi belgilari, davomiyligi, aniqlash usullari
Ovulyatsiya (lot. ovulla — tuxumcha) — gormonlar darajasidagi o’zgarish, yetilgan follikulaning yorilishi natijasida tuxum hujayraning tuxumdonlardan bachadon nayiga chiqishi hisoblanib, odatda har bir hayz davrida bir marta sodir bo’ladigan hodisadir. U sodir bo’ladigan kun keyingi hayz kelishidan 12-16 kun oldinga to’g’ri keladi.
Mundarija
Tavsifi
Ovulyatsiya yaqinlashishi bilan ayol organizmi ko’proq estrogen gormoni ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi va erkak spermatozoidlari uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.
Yuqori estrogen o’z navbatida boshqa bir gormon — lyuteinlovchi gormonning (LG) keskin darajada oshishiga sabab bo’ladi. LG`ning birdan ko’tarilishi tuxumdondan tuxum hujayralarning ozod bo’lishiga olib keladi, bu jarayon ovulyatsiya deb ataladi. Tuxum hujayra aynan bachadon nayida bo’lganida urug’lantirish yuz berishi mumkin.
Ovulyatsiya boshlanishidan 1-2 kun oldin lyuteinlovchi gormonning (LG) keskin ko’tarilishi tufayli, dorixonalarda sotiladigan maxsus testlar yordamida uning qachon boshlanishini aniqlash mumkin.
Tuxum hujayra ovulyatsiyadan keyin faqatgina 24 soat ichida urug’lantirilishi mumkin. Agar u urug’lantirilmasa, bachadon qobiq shilliq qavati rad etilishi sodir bo’ladi (tuxum hujayra bilan birga). Taxminan 14 kundan keyin esa hayz boshlanadi.
Agar tuxum hujayra spermatozoid bilan uchrashsa, urug’lantirilgan zigota 6-12 kun ichida bachadonga tushadi, unga o’rnashadi va homiladorlik boshlanadi. Yangi hayot rivojlanishi boshlangach, tuxumdonlar yangi tuxum hujayra ishlab chiqarishni to’xtatadi, shu sababli homiladorlik davrida ovulyatsiya sodir bo’lmaydi.
Ovulyatsiya va fertil kunlar farqi
Yuqorida aytilganidek, tuxum hujayra 24 soat davomida yashaydi, spermatozoidlar esa 5 kungacha faol bo’lib qolishi mumkin. Shunday qilib, er-xotin ovulyatsiyadan to’rt yoki besh kun oldin jinsiy aloqa qilishni boshlashi ham homiladorlik boshlanishiga olib keladi.
Tuxum hujayra va spermatozoidlarning yashash davrini hisobga olgan holda, fertil (lot. fertilis — unumdor) kunlar taxminan olti kunni tashkil qiladi.
Fertil kunlar — hayz sikli davomidagi himoyalanmagan jinsiy aloqa qilish natijasida homilador bo’lish mumkin bo’lgan barcha kunlardir.
Qo’shimcha fertil kunlarni aniqlash juftliklarga o’z hayot tarzlaridan kelib chiqqan holda jinsiy aloqa vaqtini belgilash va osonroq homiladorlikka erishishga yordam beradi.
Maksimal fertillik davri
Har bir sikl davomida maksimal fertillik kuni (shunga mos ravishda, himoylanmagan jinsiy aloqa qilish natijasida homilador bo’lish eng yuqori ehtimol bo’lgan kun) ovulyatsiya bo’lgan va undan bir kun oldingi kunni o’z ichiga oladi.
Urug’lantirish imkoniyati bundan bir necha kun oldin ham yuqori bo’ladi. Bu paytda ham ayol homilador bo’lish imkoniga ega. Taxminan olti kun davom etadigan bu «fertillik oyna»sidan tashqarida, homilador bo’lish imkoniyat juda past.
Kunlar | Urug’lantirishehtimoli |
---|---|
6 kun oldin | 0% |
5 kun oldin | 10% |
4 kun oldin | 16% |
3 kun oldin | 14% |
2 kun oldin | 27% |
1 kun oldin(LG keskin ko’tarilishi) | 31% |
Ovulyatsiya kuni | 33% |
1 kun keyin | 0% |
Ovulyatsiya qachon sodir bo’ladi
Hayz sikli davomiyligi turli ayollarda turlicha bo’ladi, lekin odatda 28 — 35 kunni tashkil qiladi. Ovulyatsiya qoida tariqasida keyingi hayz boshlanishidan 12-16 kun oldin sodir bo’ladi. Ko’pchilik ayollar bu hodisa siklning 14-kuni sodir bo’ladi deb hisoblashadi, ammo bu shunchaki o’rtacha ko’rsatkich. Aslida esa u hayz siklining turli kunlarida sodir bo’lishi va har safar boshqa-boshqa kunlarga to’g’ri kelishi mumkin.
Hayz sikllarining 46 foizida ovulyatsiya sodi bo’ladigan sana 7 yoki undan ortiq kunga farq qilib turadi.
Ba’zi ayollar ovulyatsiya vaqtida spazmli og’riq sezishlarini ta’kidlashadi, lekin juda ko’pchiligida deyarli hech qanday jismoniy belgilar kuzatilmaydi. Homilador bo’lish uchun fertil kunlarda jinsiy aloqa qilish kerak.
Anovulyatsiya
Ba’zi ayollarda ovulyatsiya har oyda ham yuz bermaydi va buning ko’plab sabablari bor. Agar ayolda hayz sikli odatda 35 kundan ortiq davom etsa, bunday holda ovulyatsiya muntazam bo’lmasligi yoki u umuman yo’q bo’lishi mumkin. Homilador bo’lmagan ayollarda bu hodisa sodir bo’lmasa, ko’pchilik hollarda bu polikistoz tuxumdonlar sindromi (PKTS) dan dalolat beradi.
PKTS — bu tug’ma kasallik bo’lib, u ayollarda muntazam va doimiy ovulyatsiya (tuxum hujayra chiqarilishi) bo’lmasligiga olib keladi. Bunday ayollarda katta yoshlarda ham yuzda ugri toshishi va lablar ustida tuklar jadal o’sishi kuzatiladi. UTT vaqtida tuxumdonlarda juda kichik kistalar ko’rinadi.
Anovulyatsiyaning boshqa sabablariga qalqonsimon bez faolligining pasayishi (gipotireoz), prolaktin ko’p ishlab chiqarilishi (giperprolaktinemiya) va menopauzaning yaqinlashini misol qilib keltirish mumkin. Agar ovulyatsiya muntazam ravishda kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish zarur.
Belgilari
Ayol homiladorlikni rejalashtirganda yoki aksincha, undan himoyalanish istagida bo‘lganda, ovulyatsiya kunini aniqlashi zarur bo‘ladi. Ko‘pchilikda bu davrning yaqinlashishi yetarlicha yorqin ifodalanadi, gormonal fon o‘zgaradi. Kuzatiladigan alomatlarga:
- Qorinning pastki qismidagi og‘riq. Tuxumdon kapsulasining cho‘zilishi va uning yorilishi tufayli vujudga keladi. Intensiv bo‘lishi mumkin, biroq ko‘proq belga beruvchi tortuvchi og‘riq bo‘ladi va ovulyatsiya tugashi bilan butunlay yo‘qoladi. Agar og‘riq juda yorqin namoyon bo‘lib, tananing boshqa qismlariga, ayniqsa to‘g‘ri ichakka tarqalsa, tekshiruv o‘tkazish zarur — tuxumdonning apopleksiyasi ehtimoli mavjud.
- Ajralmalarning o‘zgarishi. Siklning boshida ular deyarli mavjud bo‘lmaydi, biroq o‘rtasiga yaqin ancha sezilarli, juda ko‘p va yopishqoq bo‘ladi. Butunlay sog‘lom ayolda ular rangsiz bo‘ladi. Ginekolog shifokor yaqqol alomat — servikal kanalda shilliq to‘planishiga qarab ovulyatsiya kunini taxmin qilishi mumkin.
- Yuqori jinsiy mayllik. Organizmning bu davrdagi tabiiy reaksiyatsi.
Yuqorida ko‘rsatilgan alomatlar siklning o‘rtasida paydo bo‘ladi, biroq bo‘lib o‘tgan ovulyatsiyaning bilvosita belgilarini ham inobatga olish lozim. Misol uchun, hayz oldi sindromi (HOS) faqat ovulyatsiya bo‘lgan sikllarda paydo bo‘ladi.
Ovulyatsiyani aniqlash
Uy sharoitida shifokorga murojaat qilmasdan quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
- Bazal haroratni o’lchash. To’g’ri ichakdagi haroratning ko’tarilishi urug’lanishga tayyor tuxumning chiqarilishini ko’rsatadi. Ovulyatsiya qanday haroratda sodir bo’lishini har oy bazal harorat grafigini tuzib borish orqali aniqlash mumkin. Odatda bu davrdagi bazal harorat undan oldingi davrdagi haroratga nisbatan o’rtacha yarim darajagacha farq qiladi.
- Ovulyatsiya kunini aniqlash uchun test. Bunday test-chiziqlar homiladorlikni aniqlash uchun testlarga o’xshaydi, faqat ular ikkita chiziqni muvaffaqiyatli urug’lantirishda emas, tuxum hujayra tuxumdonni tark etganda ko’rsatadi.
- Kalendar usuli. Unga ko’ra, ovulyatsiya siklning o’rtasiga to’g’ri kelishi kerak. Buning uchun maxsus onlayn kalkulyatordan foydalanish mumkin.
Eng aniq sanaladigan insturmental va laborator usullar orasidan UTT, qon tahlilini ajratib ko’rsatish mumkin.
Ovulyatsiyalar soni
Bir menstrual siklda ovulyatsiya ikki marta sodir bo’lishi ham mumkin, lekin bu odatda siklning bir vaqtiga to’g’ri keladi. Ikkita alohida tuxum hujayralarning ovulyatsiyasida geterozigotali egizaklar urug’lantiriladi. Bunday holat ko’pincha 35 yoshdan katta ayollarda kuzatiladi.
Shuningdek ko’pchilik EKU-klinikalarda yoshi katta ayollarga, qoida tariqasida, ikkita embrion o’tqaziladi, 40 yoshdan yoshroq ayollarga esa bitta. Shuning uchun katta yoshli ayollarda egizak ko’rish ehtimoli yuqoriroqdir.
Ассалом алекум сизга саволим бор эди ой куриш кечикиш сабаблари хафат хомидорликда кузатиладими еки бошка сабаблари хам борми
Менда овулатсия булса хам яна бу ой’ хайз бошланди буни сабаби нимада
Assalomu alaykum, negadir shu oy menda hayz ko’rishim 10 kunga kechikdi, lekin hayz ko’rdim . Hayz kechikishi sababli ovulatsiya bo’lmasligi mumkinmi?
Manda ham bu holat kop kuzatiladi sizda garmonlarni oshishi va kista bolsa va qalqansimon bezida muommo bolsa xam sabab bo’lishi mumkin garmonga uzi GA korining endikirinolog ham kerak
Manda UTT da ovuliyatsiya kunini aniqlatdim,turbam ochiqliginiyam.Ollohga shukur bitta farzandim bor .Shunda licheniya oldik.Shu hech bôyimda bómayapdi .