Ovulyatsiya kunini aniqlash kalendari — onlayn kalkulyator xizmati

Quyidagi kalkuyator ovulyatsiya kunini aniqlashga yordam beradi. Xizmat yaqin uch oyda homilador bo’lish uchun eng maqbul kunlar keltirilgan kalendarni taqdim etadi. Buning uchun taqvimda shunchaki so’nggi hayz kelishining birinchi kunini tanlash va hayz ko’rish (qon arjalishi) necha kun davom etishi, menstrual (hayz) sikl davomiyligini kiritish kifoya.

  • Menstruatsiya
  • Ovulyatsiya
  • Fertil kunlar

Natijani ko’rish uchun quyidagi birinchi jadvalda so’nggi hayzning dastlabki kunini tanlab, uning ustiga bosing.

Qizil bilan bo’yalgan kunlar — hayz kunlari, sariq rang — ovulyatsiya kuni. Yashil rang bilan bo’yalganlari esa fertil yoxud homilador bo’lish ehtimoli yuqori bo’lgan kunlar sanaladi. Uning yordamida farzand ko’rishni rejalashtirayotgan yosh oilalar uzoq kutilgan natijaga erishish uchun tuxum hujayra yetiladigan vaqtni aniqlashlari mumkin.

Ovulyatsiya nima

Ovulyatsiya deb ayol organizmi jinsiy tizimining biologik sikli ichida tuxum hujayraning yetilishi nazarda tutiladi. Tuxum hujayraning yetilishi — uning spermatozoid tomonidan urug’lantirilishiga va bo’lajak ona ichida yangi hayot paydo bo’lishiga tayyor ekanligidir.

Normada ayol organizmida menstrual davr 28 kundan 35 kungacha bo’ladi. Ushbu siklning boshlang’ich nuqtasi — hayz ko’rishning birinchi kuni. Yakuniy nuqtasi — keyingi hayz ko’rishning birinchi kuni.

Odatda tuxum hujayraning yetilishi ushbu siklning o’rtasiga to’g’ri keladi. Agar menstrual sikl 28 kun davom etsa, bu 14-kun bo’ladi. Biroq fertil kunlar (yoxud urug’lantirish uchun maqbul kunlar) 5-7 kunni tashkil etadi: bevosita ovulyatsiya kuni, undan 1-3 kun oldin va 1-2 kun keyin. Agar ushbu davrda urug’lantirish sodir bo’lmasa, tuxum hujayra shunchaki nobud bo’ladi.

Jadvalda fertil kun tuxum ovulyatsiyadan keyin 3 kun ko’rsatilishi — tuxum hujayraning yetilishi kuni biroz farq qilishi mumkinligida. Bu jarayon ba’zan oldinroq, ba’zan esa keyinroq sodir bo’lishi ehtimoli mavjud. Shu sababli, jarayon kutilgan sanadan keyin sodir bo’lganda ham homilador bo’lish imkoni saqlanib qoladi.

Ovulyatsiya va uni aniqlashing boshqa usullari haqida batafsil→

Jami baholar 4.3 / 5. Ovozlar soni: 217

Reklama

18 ta izoh qoldirilgan

    1. Tepada sikl va menstruatsiya (qon keladigan kunlar) davomiyligi tanlanadi. Masalan sikl 30 kun davom etib, 4 kun qon kelishi kuzatiladi. Tanlangach, pastda kalendardagi birinchi oy turgan qismda oxirgi hayz kelishi kuzatilgan kun tanlanadi. Agar hayz oldingi oy kelgan bo’lsa, demak kalendarning yuqori qismidagi chap tarafga qaratilgan strelkani bosish bilan oldingi oyga qaytarilib, keyin kerakli kun tanlanadi (ustiga bosiladi). Bosilgach, o’zi hisoblab, tegishli kunlarni belgilab beradi.

      Shuning uchun keltirilgan 4 oydagi faqat birinchisini ustiga bosish kerak (ya’ni chap taraf eng yuqoridagisiga), qolganlarida bosganda ishlamaydi.

  1. Assalomu aleykum men hozir homiladorlikdan saqlanyapman lekin bu oy fertil kunida bir marta aloqa qilgan edik saqlanmasdan homilador bolib qolishim mumkinmi

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.