Bodom yog’i — soch, yuz, teri, kipriklar, tirnoq uchun foydasi, qo’llash usullari

Bodom yog’ida ko’p miqdorda linol va olein kislotalari, A, F, E va B2 vitaminlari, magniy, fosfor, rux, karotin va boshqa turdagi foydali moddalar saqlanadi. Mahsulot ikki — shirin va achchiq bodom navlarining aralashmasini press qilish orqali ajratib olinadi. Undan qanday foydalanish kerak? Javob — juda ko’p usullarda!

Bodom yog'i foydasi

1. Yuz uchun

Yuqori miqdorda E vitamini mavjudligi tufayli kosmetik bodom yog’i ajinga qarshi kremlarga ajoyib muqobil bo’ladi. U yuz terisini silliqlashtiradi, taranglik va tonusini tiklaydi, ovalni tortadi va rangini yangilaydi.

E’tiborli tomoni, u har qanday turdagi teri uchun mos keladi. Teri sezuvchan bo’lsa, tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. U yengil teksturaga ega va shish chaqirmaydi, shu sababli hatto nozik bo’lgan qovoq terisiga qo’llanilishi ham mumkin. U kichik ajinlarni silliqlashga yordamlashadi.

Bundan tashqari, vosita tezda so’riladi va hatto suv o’tkazmaydigan pardozni ham mukammal darajada tozalaydi.

2. Qo’l uchun krem sifatida

Yog’ tarkibidagi A vitamini terini namlantirib, uni atrof muhitning salbiy ta’siri va yuvish uchun vositalarining agressiv tarkibiy qismlaridan himoya qilishga yordam beradi.

3. Tirnoqlar parvarishi

Bodom moyi ko’pincha tirnoqlar parvarishi uchun ham ishlatiladi. Buning uchun odatda turli efir moylari (masalan limon) bilan aralashma tayyorlanadi. Bu aralashma tirnoqning o’ziga va uning atrofidagi teriga surtiladi. Har kuni qo’llanilganda tirnoqlar o’sishini rag’batlantiradi, mustahkamligini oshiradi.

4. Husnbuzarlarga qarshi vosita sifatida

Yog’li teri egalari bodom yog’ining vitamin F ta’minlaydigan antibakterial ta’sirini baholab ko’rishlari mumkin. Buning uchun yotishdan oldin husnbuzar ustiga biroz yog’ surtib qo’yish kerak. Tongga yaqin esa undan asar ham qolmaydi.

5. Soch uchun vosita

Buning uchun uni haftasiga 2-3 marta soch ildizlariga massaj qilib surtish kerak, natijada ularning o’sishi deyarli 2 baravarga tezlashadi! Bundan tashqari, bu muolaja to’kiluvchan sochlarni mustahkamlaydi.

Agar sochlarga butun uzunligi bo’ylab bodom yog’i surtib, boshni sochiq bilan o’rab bir soatga qoldirilsa, so’ng shampun bilan yuvib tashlansa, sochlar yanada silliq, jilvakor va hajmli bo’ladi.

6. Kuyishga qarshi vosita sifatida

Namlantiruvchi, tinchlantiruvchi va qizarishlarni bartaraf etuvchi sifatida ushbu moy quyoshda ortiqcha toblanish yoki ehtiyotsizlik tufayli issiq jismga tegib yuborish tufayli termik kuygan terini parvarishlash uchun ajoyib vositasi sanaladi.

7. Antisellyulit vosita

Bodom yog’i bilan massaj qilinganda tana terisi yangi ko’rinish oladi: yuza yanada silliq, tarangroq bo’ladi, egiluvchanligi qaytadi va bo’rtmachalar yo’qoladi. Bundan tashqari, ushbu vosita striyalarga qarshi ham yaxshi samara beradi.

9. Bodom yog’i ozish uchun vosita sifatida

Bir kunda bir osh qoshiq bodom moyi qabul qilish ichaklarni gazlar va shlaklardan tozalashga yordam beradi va qorin sezilarli darajada tekislanadi!

10. Kipriklar uchun

Kipriklar ham parvarishga muhtoj. Ular kengroq yoyilishi va mayin bo’lishi uchun turli yog’lardan foydanalish mumkin. Bu holatda bodom yog’i ayni muddao bo’ladi. U kiprik tolalarini mustahkamlaydi va o’sishini rag’batlantiradi.

Jami baholar 4.3 / 5. Ovozlar soni: 19

Reklama

2 ta izoh qoldirilgan

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.