O’g’il farzand ko’rish — ilmiy usullar, kalendar, TOP-3 xalqona tavsiya

Ko’pchilik otalar birinchi farzandlari o’g’il bo’lishini xohlashi sir emas. Buning sabablari turlicha bo’lishi mumkin. Bugungi kunda homila jinsini oldindan rejalashtirish uchun bir qator nisbatan ilmiy asosga ega, shuningdek, fan tomonidan tasdiqlanmagan usullar mavjud.

O'g'il farzand ko'rish uchun: ona va bola

O’g’il ko’rish uchun nima qilish kerakligini tushunish uchun urug’lanishda homila jinsi qanday tanlanishini bilish kerak. Yangi bola DNK`ning yarmini otadan, qolgan yarmini onadan oladi. Barchaga ma’lumki, ayolda XX, erkaklarda esa XY xromosomalar bor.

Shunday qilib, tuxum hujayrani urug’lantirish uchun spermatozoid orqali otadan qaysi xromosoma o’tishi bo’lajak farzandning jinsini belgilab beradi. Agar spermatozoid Y-xromosoma tashuvchisi bo’lsa, unda o’g’il bola dunyoga keladi.

O’g’il ko’rish uchun ilmiy usullar

Homilaning qay jinsda bo’lishligi bir qator tasodifiy omillar tufayli sodir bo’ladi. Agar o’g’il farzand ko’rish uchun kafolatlangan mukammal usul haqida eshitgan bo’lsangiz, u holda unga ko’p ishonmang. Bugungi kunda faqat ekstrakorporal urug’lantirish (EKU) muayyan jinsdagi farzand tug’ilishini kafolatlashi mumkin. Biroq ehtimollikni u yoki bu tomonga siljitishga ko’maklashadigan va ilmiy asosga ega usullar mavjud.

Ovulyatsiya bo’yicha

Y-spermatozoidlar kam yashovchan, ammo X-spermatazoidlarga nisbatan ko’proq faol bo’ladi. Shu sababli taqvim usuli yordamida urug’lantirishni ovulyatsiyadan bir kun oldin va bevosita ovulyatsiya kuni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Ovulyatsiya kunini aniqlash kalendari→

Bundan tashqari, ovulyatsiya kunini aniqlash uchun diqqat bilan bazal haroratni o’lchash, dorixonadan sotib olingan ovulyatsiya testidan foydalanish yoki ultratovush yordamida follikullarni kuzatib borish mumkin. Shuningdek, ovulatsiyani nisbatan ko’proq yopishqoq va oqroq bo’ladigan ajralmalarga tayangan holda aniqlash mumkin.

Otaga esa spermatozoidlar ko’proq, ularning faolligi yuqoriroq bo’lishi uchun, urug’lantirishdan oldin bir necha kun jinsiy aloqani istisno qilish tavsiya etiladi.

Homilani qanday holatda urug’lantirish ham muhim rol o’ynaydi. Bachadon bo’yni va urug’ suyuqligi o’rtasida maksimal aloqa o’rnatish zarur. Buning uchun ayol gorizontal joylashadigan pozalar eng optimal hisoblanadi. Jinsiy aloqadan so’ng, ayol chalqancha yotishi tavsiya etiladi. Bu eng faol spermatozoidlarning mo’ljaliga yetib borishiga yordam beradi.

PGD usuli

PGD yoxud preimplantatsion genetik diagnostiga eng so’nggi zamonaviy usullardan biri bo’lib, muayyan jinsdagi farzand istovchilar uchun 97% kafolat beradi. Usulning mohiyati otaning ma’lum bir sog’lom spermatozoidini ajratib olib, u yordamida sun’iy urug’lantirish yoxud EKU amalga oshirishda.

Qoida tariqasida, bunday yondashuv faqat ayol yoki erkak chizig’i orqali uzatiladigan irsiy kasallikni (masalan, gemofiliya) oldini olish uchun ko’rsatiladi. Oddiy sharoitda esa o’g’il farzandga homilador bo’lish uchun turli maslahatlardan foydalanish va ming yillar davomida orttirilgan tajribani qo’llash mumkin.

Xalqona usullar

O’g’il tug’ilishi ehtimolini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish mumkin:

  • Chekishni to’xtatish;
  • Tana vaznini 55 kilogrammdan kamaytirmaslikka harakat qilish;
  • Homilador bo’lish qancha uzoq muddat muvaffaqqiyatsiz bo’lsa, homila o’g’il bo’lishi ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi;
  • Tinch va osuda turmush tarzini saqlash, stressdan qochish;
  • Bo’lajak farzandingizni barcha tafsilotlarda tasavvur qilish.

Urug’lantirish yoz faslida sodir bo’lsa, yanada yaxshi, bunda bo’lajak ota yerda yalangoyoq yurishi va erkaklik quvvatini oshirishi muhim ahamiyatga ega. Urug’lantirish uchun eng yaxshi vaqti ertalab yoki dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari hisoblanadi.

Xalqona usullarning ishonchliligi 10-15 foizni tashkil etadi, shu sababli ularga to’laqonli tayanish tavsiya etilmaydi.

Qon yangilanishi

Qon yangilanish nazariyasiga ko’ra, erkaklarda qon har 4 yilda yangilanadi, ayollarda esa har uch yilda bir marta. O’g’il farzand tug’ilishi ehtimoli oxirgi bo’lib otasining qoni yangilagan juftliklarda yuqoriroq bo’ladi. Dastlab, kim hozir «yoshroq» bo’lganini hisoblash lozim. Hisob tug’ilishdan boshlab yoki ko’p qon yo’qotish bo’lsa (jarrohlik yoki jarohat, tug’ruq yoki abortdan keyin), o’sha vaqtdan boshlanadi.

  1. Otaning umumiy yoshi to’rtga bo’linadi, faqat butun son hisobga olinadi va qolgan qoldiq aniqlanadi. Masalan otaning yoshi 29 bo’lsa, uni 4 ga bo’lganda 1 qoldiq qoladi (29 : 4 = 7);
  2. Onaning umumiy yoshi butun holda bo’linadi, butun qoldiq aniqlanadi. Masalan onaning yoshi 26 bo’lsa, uni 3 ga bo’lganda 2 qoldiq qoladi (26 : 3 = 8);
  3. Qoldiqlar solishtiriladi. Yuqoridagi namunada erkakda qon bir yil oldin yangilangan, ayolda esa 2 yil oldin. Ushbu nazariyaga asoslansa, bu davrda o’g’il tug’ilishi ehtimoli yuqori bo’ladi, chunki bo’lajak otaning qoni «yoshroq».

Ortiqcha hisob-kitoblar qilmaslik uchun quyidagi tayyor kalkulyatordan foydalanish mumkin. Unga ota-onaning yoshini kiritish kifoya.

Ota-onaning yoshini kiriting

Test natijalari tibbiy xulosa hisoblanmaydi. Homila jinsini aniqroq bilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.

Parhez

1935-yildan e’tiboran olimlarni ayol iste’mol qiladigan taomlarning bo’lajak homilaga ta’siri qiziqtirgan ekan. Qariyb bir asrlik tajribalardan so’ng Fransiyaning San-Jak universiteti qoshidagi Akusherlik va ginekologiya klinikasi ayollar uchun maxsus parhezni e’lon qildi. Mazkur parhez tajribasida ishtirok etib, unga to’liq rioya qilgan ayollarning 75 foizi o’zi istagan natijaga erishgan.

Qarshi ko’rsatmalar bo’lmaganda quyidagi mahsulotlar tavsiya etiladi:

  • Choy, kofe;
  • Mevali sharbatlar;
  • Gazlangan mineral suv va boshqa gazlangan ichimliklar;
  • Barcha turdagi go’sht mahsulotlari (dudlangan, tuzlangan);
  • Baliq va baliq go’shtidan tayyorlangan mahsulotlar;
  • Boshoqli o’simliklar, guruch va makaron mahsulotlari;
  • Barcha turdagi nonlar;
  • Sabzavotlar: kartoshka, qo’ziqorin, sabzi, sholg’om, bulg’or qalampiri va hokazolar;
  • No’xat, soya, makkajo’xori, loviya;
  • Barcha turdagi mevalar, ayniqsa, banan, o’rik, apelsin, shaftoli va olcha;
  • Quruq mevalar: turshak va mayiz;
  • Tarkibiga sut qo’shilmagan shirinliklar;
  • O’simlik yog’lari;
  • Zaytun mevasi.

Bu vaqtda sut va sut mahsulotlari, pishloq va tuxum, kaltsiy yuqori bo’lgan mineral suv, yong’oq, ko’katlar, yashil loviya, karamni cheklash va ovqatni ortiqcha tuzlashdan saqlanish o’rinli bo’ladi.

Bu parhezni homiladorlik yuz berguniga qadar, ya’ni taxminan 2-4 oy avvaldan boshlash lozim. Homiladorlikda esa parhezni to’xtatish va muvozanatli ovqatlanishga o’tish talab qilinadi.

Homila jinsini rejalashtirish taqvimi

Buning uchun ona yoshini hisobga oladigan xitoy kalendari, bo’lajak ota-ona tug’ilgan oyni taqqoslash asosida yapon jadvali yordamga keladi. Bundan ota-onaning qon guruhlari va rezus omili nisbati asosida yaratilgan jadval ham ehtimollikni hisoblashda qo’llanilishi mumkin. U bilan tanishish uchun quyidagi havola bo’yicha o’ting.
Homila jinsini rejalashtirish taqvimi→

Jami baholar 4.1 / 5. Ovozlar soni: 96

Reklama

1 ta izoh qoldirilgan

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.